91
IV B O B. AJDODLARIMIZNING ILMIY MEROSI
ABADIYATGA DAXLDOR MA’NAVIY XAZINA
26-§. MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING
MADANIY HAYOTI
Tayanch tushunchalar: “Bayt ul-hikma”, “
Dor ul-hikma
va maorif”, buyuk allomalar, arab tilining ahamiyati.
“Bayt ul-hikma”.
IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xu-
ro
sonda sodir bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar
mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta’sir etdi.
Movarounnahr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt
etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham
faqat
Islom dinigina emas, balki arab tili
va uning imlosi ham joriy
etildi. Chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan
tili edi. Shu boisdan arab tilining o‘rni
va ahamiyati oshib, uni
o‘zlashtirishga bo‘lgan intilish kuchaydi.
Arab tili va yozuvini yaxshi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar
paydo bo‘ldi.
Bag‘dod shahri Sharqning
yirik ilm va madaniyat
markazi edi.
IX asrda bu shaharda
“Bayt ul-hikma” tashkil
etilgan edi.
“Bayt ul-hikma”da
katta kutubxona,
Bag‘dod va
Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan
rasad
xonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar
tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi
yunon va hind olimlarining
ilmiy merosini o‘rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish
bilan shug‘ullanardilar.
Al-Xorazmiy,
Dostları ilə paylaş: