Tarix fanini o’qitishnda zamonaviy yondashuvlar solejon Toshev Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Annotatsiya



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix16.11.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#69521
  1   2   3   4   5
tarix-fanini-o-qitishnda-zamonaviy-yondashuvlar



TARIX FANINI O’QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR 
 
Solejon Toshev 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
 
Annotatsiya: Tarix fani ta’limning barcha bosqichlarida o’z o’rniga ega bo’lgan 
mustaqil ijtimoiy fan sifatida barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. Ushbu maqolada milliy va xorijiy adabiyotlarni tahlil etish orqali tarixiy 
ta'limni qanday qilib yanada samarali tashkil qilish mumkinligini muhokama qilinadi. 
Kalit so'zlar: samarali o'qitish, tarixni o'qitish, tarixni samarali o'qitish, tarixiy 
empatiya. 
 
MODERN APPROACHES TO TEACHING HISTORY 
 
Solejon Toshev 
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
 
Abstract: History as an independent social science, which has its place in all 
stages of education, is considered important in educating a harmoniously developed 
generation. This article discusses how to organize historical education more 
effectively by analyzing national and foreign literature. 
Keywords: effective teaching, history teaching, effective history teaching, 
historical empathy. 
Mustaqillik yillarida O'zbekiston tarixini xolisona o'rganish, o'zbek xalqining 
qadimiy va boy tarixiga haqqoniy baho berish ustuvor vazifaga aylandi. O'zbek 
xalqining hayoti va taqdiriga keskin burilish yasagan mustaqillik soyasida ilm-fan, 
xususan milliy o'zlik va ma'naviy yuksalish asosi bo'lgan tarix fani ham o'ziga xos 
rivojlandi. O'zbekiston tarixini xolisona yoritishda O'zbekiston Respublikasining 
Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston 
davlatini birgalikda barpo etamiz" asarida aytilganidek, "... jahondagi ilg'or 
tajribalarni chuqur o'rganish amalda joriy etishni oldimizda turgan keng ko'lamli 
vazifalarni amalga oshirishning muhim shartlaridan biri, deb hisoblaymiz" [1, 27]. 
Ma'naviyatning ajralmas tarkibiy qismi bo'lgan tarix fani so'ngi yillarda ilk bor 
o'zining qonuniy vazifasini bajarishga – xalqning o'zligini anglatishga xizmat qilishga 
kirishdi. "Tarixiy xotira tuyg'usi to'laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o'tgan yo'l 
o'zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yuqotish va qurbonlari, quvonch va 
iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o'rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo'ladi" 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Special Issue
www.openscience.uz
6


[2,145]. Tarixiy voqea, hodisalarni o'rganish, tahlil etish va yoritishda xolislik, 
haqqoniylik, adolatli yondashuv muhim hisoblanadi[3,121]. 
Tarix fanini samarali tashkil etish haqida fikr yuritishdan oldin “samarali ta’lim” 
tushunchasini mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar fikrlarini tahlil etgan holda o’rganib 
chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Samarali o'qitish - bu o'qituvchilarning turli xil o'qitish uslublarini birlashtirib 
yoki ularni alohida qo'llash orqali talabalarda mustaqil o'rganish qobiliyati, dars 
atmosferasini idrok etish, tushunish va va kerakli bilimlarni egallash darajasi yuqori 
bo'lgan ta'lim jarayoni hisoblanadi[4,108] .
Shuningdek, samarali o'qitish bu o'z o'lchovlari bilan baholanishi kerak bo'lgan 
keng tushunchadir. Shuning uchun samarali o'qitish, ta'lim sifatini oshirish uchun 
tashkil etilgan turli xil murakkab jarayonlar majmuasi hisoblanadi[5,401] . 
Samarali o'qitishning ikkita asosiy xususiyati mavjud. Bular: 
• Talabalarni turli xil faktlar, ko'nikmalar, qadriyatlar va tushunchalarni 
o'rganishlarini osonlashtirish; 
• Sinfda yagona kursni emas, balki turli xil o'qitish strategiyalari, usullar va 
texnalogiyalarni yakka yoki kombinatsiyalangan holda ishlatish qobiliyatini 
o'qituvchilarda shakllantirish; 
Yana bir qarashga ko’ra, samarali ta’limni talabalarning muvaffaqiyat darajasini 
oshirish uchun zarur bo'lgan asosiy o'qituvchilik malakasi sifatida tavsiflash mumkin. 
Bu fikrlar qurshovida aytish mumkinki, samarali ta’lim beruvchi o'qituvchi o'z kasbi 
va sohasini bilgan va sevgan, bilimli, g'ayratli, fidoyi, tartibli va kirishuvchan, tez va 
to’g’ri qarorlar qabul qilish qobiliyatiga sohib, adolatli va shu bilan birga talabalarga 
bilimni targ'ib qilaoluvchi va ularning tinchligi va kelajagiga qiziqadigan shaxs 
sifatida belgilanadi[6,14]. 
"Ta'lim" keng ma'noda oldingi avlodlar tomonidan tashkil etilgan katta ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo'lgan tajribalarni doimiy ravishda keyingi avlodlarga yetkazishga 
yo'naltirilgan umumiy jarayon, tor ma'noda esa, ijtimoiy institut, jamiyatning ijtimoiy 
quyi tuzilmalaridan biridir. 
"Sifat" esa falsafiy termin sifatida ob'ekt yoki predmetning barcha muhim 
xususiyatlari yig'indisidir. "Ta'lim" va "sifat" tushunchalarining mohiyatini 
uyg'unlashtiradigan bo'lsak, ta'lim sifati, bu uning xususiyatlari yaxlitligi, ta'lim 
oluvchi o'qishi va shaxsiy rivojlanishi uchun xizmat qiladigan eng qulay usullar 
birikuvidan iborat jarayondir[7,5].
Taʼlim sifati - bu butun taʼlim tizimi tarkibiy qismlarining sifat vazifalari, 
murakkab rivojlanish kuchi(dinamika)ga ega boʼlgan jarayon boʼlib, bu taʼlim 
muassasalari faoliyatidagi oʼzgarishlar, yaʼni ularning ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik 
va siyosiy muhitining oʼzgarishi bilan izohlanadi[8,181]. Аyni vaqtda zamonaviy 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Special Issue
www.openscience.uz
7


taʼlim sifati innovatsion rivojlanish natijalaridan biri emas, balki uni amalga oshirish 
uchun zarur boʼlgan shartlardan biridir[9, 4]

Ushbu tadqiqot sohasi bo'lgan tarix tushunchasi ilmiy soha va fan sifatida vaqt 
o'tishi bilan odamlar tomonidan qilingan harakatlar va faoliyatlarni o'rganish jarayoni 
hisoblanadi. Biroq, tarixiy jarayonda sodir bo'lgan barcha narsalarni o'rganish va 
ochib berish imkonsizdir. Chunki, tarixning pozitiv nuqtai nazarida aytilganidek
tarixiy ma'lumot sifatida qabul qilinishi mumkin bo'lgan har qanday da'vo dalillarga, 
ayniqsa yozma dalillarga asoslanishi kerak. Shuning uchun tarixni o'tmish voqealari 
va dalillari haqida yozilgan axborot deb ta'riflash mumkin. J. Slater bu fikrni 
quyidagicha ifodalaydi: “……mohiyatan tarix o'tmishni o'rganish va bizning 
bilimlarimiz va fikrlarimizni bir vaqtning o'zida tasdiqlash usulidir” [10, 8]. 
Tarix tushunchasining g'arbdagi muqobili bo'lgan "history" qadimgi yunon tiliga 
tegishli bo'lib, "izlanish" yoki haqiqatni tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Bir fan 
sifatida tarix insoniyat tarixini o'zining noyob metodologiyasi orqali o'rganadi. 
Tarixiy metodologiya, tadqiqot sohasini, muammoni yoki mavzuni aniqlash, ushbu 
mavzu yoki muammoga tegishli gipotezalarni ishlab chiqish, olingan dalillar va 
manbalardan ma'lumot to'plash, ushbu ma'lumotlarni tahlil va tanqid qilish, mavzu 
bo'yicha boshqa izlanishlarni ko'rib chiqish va mavzuni tushunish, shuningdek 
mantiqiy asosda izohlangan tadqiqotni ochib berishdan iboratdir. Shunga asoslanib, 
tarixchining roli sifatida o’zining mustaqil ilmiy rivojlanishi jarayonida o'tmishni 
o'rganish, mavzuni aniq, real va to'liq tushunchalarini yoki tasvirlarini yaratish va 
barcha bu bosqichlar haqida fikrlash kabilar belgilanadi. 
An'anaviy tarix darslarini tashkil etishda talabalarga ma'lumot uzatish jarayoni 
odatda darslik yoki boshqa ikkilamchi tayyor manbalarini o'qish orqali amalga 
oshiriladi. Bu jarayon talim oluvchiga tayyor ma’lumotlarni eslab qolish va axborot 
sifatida qabul qilish ko’nikmasini hosil qiladi xolos. Noan’anaviy interfaol, samarali 
tarix darslarida esa o'tmish haqida ishonchli ta'riflar va tushuntirishlarga erishish 
uchun yuqorida aytib o'tilgan ko'nikmalar va tarix o’qitish metodikasidan 
foydalanishga urg’u beriladi. Chunki tarix darslarida va tarixni tadqiq qilishda 
qo'llaniladigan pedagogik va tarixiy tadqiqot usullari o'quvchilarga o'tmishni 
tushunishda turli xil foydali qulayliklar berishi mumkin. Manbalarni o'rganish va 
yozma dalillarni aniqlash, manbani yoki berilgan dalillarni tayyorlagan shaxs(lar)ning 
shaxsiy fikrlarini aniqlash va yozma yoki boshqa manbalarda keltirilgan fikrlarning 
asl ma'nosini o'rganish jarayoni tarix o'qitishning yana bir jihatlaridir. Bu tarixiy 
haqiqatni qanday o'rganish mumkinligini o'rgatish demakdir.
Samarali tarix o’qitish o’quvchilarga tayyor tarixiy xulosa qilingan ma’lumotlar 
bilan birga manba va dalilarni taqdim etishni talab etadi. O’quvchi ma’lum tarixiy 
manbalarni (xoh yozma, xoh og’zaki bo’lsin) tahlil etgan holda tarixiy bilim va 
tasavvur hosil qilishi pedagogik nuqtai nazarda g’oyat samaralidir. Zotan, tarix 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Special Issue
www.openscience.uz
8


darslarida ta’lim oluvchining xotirasini rag’batlantiruvchi usullardan ko’ra, uning 
mustaqil fikrlashini ta’minlaydigan usullardan foydalanish foydali hisoblanadi. 
Tarixiy bilimlarni tushunish va o'tmishni anglash uchun dalillarni o’rganish va 
ko’zdan kechirish talab etiladi. Ammo tarixni tashkil etuvchi elementlar nafaqat ular 
haqida balki, o'tmish voqealari, bugungi kunda ma'lum bo'lgan tajrabilar majmuasi 
hamdir. Ba'zi tadqiqotchilar tarixiy tafakkur jarayonlaridan foydalangan holda tarixni 
o'qitish amaliyotlari ko'plab tarixiy muammolar va mavzularni tushunishda muhim 
hissa qo'shishini ta'kidlaydilar.
Bugunig zamonaviy ta'lim holati ta'lim tushunchasini qayta ko'rib chiqish va 
aniqlashtirishni, shaxsga yo'naltirilgan pedagogikaning toifalari va tamoyillarini tahlil 
qilish jarayoniga kirishni talab qiladi. Pedagogik ongning yangi modeli asta-sekin 
o'qituvchining ta’lim oluvchiga bevosita ta'sir etish amaliyotidan voz kechadi va 
ta’lim oluvchining o'z rivojlanish imkoniyatlarini ta'minlash uchun barcha pedagogik 
makonning tuzilishini yanada samarali tashkil etishga imkon beradi. Shunday qilib, 
har bir o'qituvchi o'z darslarini qiziqarli va mazmunli bo'lishga intiladi, bu esa ta’lim 
oluvchininglarning mavzuga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Xususan, tarix darslarida 
faktlarni assimilyatsiya qilish emas, balki turli davrlarning qadriyatlarini 
rivojlantirish, o'tmish odamining o'rniga o'zini qo'yish, uning fikrlarini, harakatlarini 
tushunish qobiliyati orqali shaxsni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. 
Bularning barchasi tarixiy

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin