Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/163
tarix25.11.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#70559
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Ouen Yang durustgina lavozimni egallab turgan boʻlishiga qaramay, qoʻl ostidagi 
xodimlarning hech biriga, hech qachon buyruq ohangida ish buyurmagan. U buyruq berishdan 
koʻra, maslahat solishni afzal bilgan. Bunday yumshoq muomala birinchidan, Ouenning oʻziga 
katta izzat-obroʻ keltirgan boʻlsa, ikkinchidan idora ishining har doim bir maromda muvaffaqiyatli 
kechishini taʻminlagan. Yang hech qachon “Mana bu ishni unday yoki bunday qiling” yoki 
“Bunday yo unday qilmang” demagan. Buning oʻrniga “Shu masalada bir oʻylab koʻrsangiz” yoki 
“Shunday qilinsa, yaxshi natija beradi deb oʻylaysizmi” qabilida muomala qilishga odatlangan. 
• Rahbar boʻysunuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, 
hatgo shu takliflarga shaxsan qoʻshilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va 
muhokama qilishi lozim. Yang biror tashkilotga xat yoʻllash zururati tugʻilib qolgan holda maktub 


matnini boshidan oxirigacha aytib turib yozdiradi-da, pirovardida xodimiga shunday savol bilan 
murojaat qilardi: “Sizning xat matni xususidagi fikringiz qanday?” Agar xat matnini biror xodimi 
tayyorlagan boʻlsa, uni oʻqib chiqqach, mabodo kamchiligi uchrasa yoki yoqmasa, buni xodimning 
yuziga solish oʻrniga maslahat yoʻsinida fikrlashadi: “Balki xat matnini biroz boshqacharoq qilib 
yozganimiz maʻqulmidi, siz nima deysiz?” Yang oʻz xodimlariga nima qilish kerakligi haqida 
hech qachon koʻrsatmalar bermaydi, zimmalaridagi vazifalarini mustaqil bajarishlari uchun imkon 
yaratadi. Mustaqil harakat qilishga, oʻz xatolaridan tegishli xulosa chiqarish va boshqa 
takrorlamaslikni odat qilishga undaydi. Haqiqatan ham bunday munosabat xodimlarni 
mustaqillikka oʻrgatadi, xatolarni tez tuzatish va ishni oxirigacha pishiq, puxta bajarishga 
odatlantiradi. Qolaversa, bunday usul ishchi xizmatchilarning izzat-nafsini hech qachon 
kamsitmaydi va ayniqsa, ularda oʻz imkoniyatlari va mahoratlariga qatʻi ishonch, mehnatta 
ishtiyoq tugʻdiradi. Demak, agar rahbar insonlarda oʻziga nisbatan iliqlik, izzat-hurmat hissini 
uygʻotmoqchi boʻlsa, u salbiy hislatlardan, yaʻni buyurish, koʻrsatma berish ohanglaridan voz 
kechib, maslahat solishi, ulardan fikr olishi kerak. Shunda uning umumiy ishga koʻproq nafi 
tegadi.• Rahbar intizom va tartibga rioya qilishni qatьiy talab qilishi va boʻysunuvchilarning biron 
nojoʻya harakatini eʻtibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli 
intizomning eng mustahkam zaminidir. Xullas, rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati, 
odamlar haqida gʻamxoʻrligi, tashabbuskorlik, qatʻiyatlik, mustaqillik, talabchanlik, boʻysunuvchi 
xodimlar bilan maslahatlasha bilish, oʻz soʻzini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar undagi salbiy 
qusurlardan qutulishga yordam beradi. 
Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak. 
U egallab turgan lavozimidan mahrum boʻlmasligi uchun quyidagi oʻnta qoidaga rioya 
qilmogʻi lozim: 
1. Iloji boricha qulogʻingizgacha ishga koʻmiling. Oʻz kompaniyangiz mijozlarini koʻpaytirish 
uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling. 
2. Kompьyuterni oʻrganing. 
3. Chet tilini oʻrganing. 
4. Oʻz arxivingizni tashkil qiling. Zarur tashkilotlar va kishilar adreslari, telefonlarini yozib 
boring. Ular favqulodda hollarda kerak boʻlib qoladi. 
5. Har doim “ha” deng. Hamma narsani bajarishga urining. Hattoki imkoniyatingiz, 
qobiliyatingiz yetarli boʻlmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Ishdan 
mahrum boʻlib qolishning eng qisqa yoʻli: “Bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday 
soʻzni aytishdan oʻzingizni tiying. 
6. Chiroyli imo-ishora qilishni biling. Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday 
holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring. 
7. Malakangizni muttasil oshirib boring. 
8. Kishilar bilan boʻladigan muomalada hushfeʻl va iltifotli boʻling. Noyob, nazokatli, doʻstona 
kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, oʻzaro ishonchni mustahkamlaydi, kishilarni 
hamjihatlikka chorlaydi. 
9. Boshqalar bilmaydigan va bajara olmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining. 
Bu nur ustiga aʻlo nur boʻladi. 
10. Ish vaqti faqat, masalan: 8
00
dan 17
00
gacha boʻlmasin. Agar siz ertalab ish vaqtidan oldin 
yoki ish vaqti tugagandan soʻng ish joyida boʻlsangiz, bilingki bu ham eʻtiborsiz qolmaydi. 
Bulardan tashqari, lavozimdan mahrum boʻlmaslik uchun rahbar quyidagi qayd etilgan kishilar 
bilan oʻzaro maslahatlashmasligi kerak. 
Ular: 
- Nodon - sizni yoʻldan adashtiradi. 
- Dushman - sizning zarar topishingizni oʻylaydi. 
- Xasadchi - faqat xato qilib qoʻyishingizni poylaydi. Ular badanning sogʻ joyi qolib, nuqul 
yaraga qoʻnishni moʻljallaydigan pashshalarga oʻxshaydi. 
- Qoʻrqoq - sizni dadilliqdan qaytaradi. 
- Baxil - boylik toʻplashga hirsmand boʻladi va undan birovga foyda yetmaydi. 
- Nafsiga berilish - hoyu-havasning asiri boʻlib, nafs toʻridan qutulishga kuchi yetmaydi. 


- Yolgʻonchn - fikringizni buzib koʻrsatadi. 
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Bu individuallik 
shaxsdagi temperamentda, hissiyotda, qobiliyatda, feʻl-atvor, iroda, xotira va boshqalarda 
namoyon boʻladi. Ana shular taʻsiri ostida rahbar injiq, janjalkash, kurashchan, bilagʻon va 
hokazolar boʻlishi mumkin. Shunga qarab xodimlar va rahbarlar oʻrtasida munosabat shakllanadi 
(5-jadval). 
5-jadval 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin