Biznes boshqaruv asoslari


Adolatning birinchi talabi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/163
tarix25.11.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#70559
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Adolatning birinchi talabi: 
• aholi turli tabaqalarining oʻzaro uygʻun boʻlishini taʻminlashdir. 
Adolatning ikkinchi talabi: 
• el-ulusining haq-huquqi teng taʻminlangan holda, kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning 
salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish. 
Adolatning uchinchi talabi: 


• barchaning teng farovonligini ximoya qilish bilan birga, bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi 
xizmati va huquqiga qarab har bir inson oʻz ulushini olishga imkon yaratishdan iborat. 
Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar oradan sakkiz asr chamasi oʻtib, 
Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida oʻziga xos tarzda ifoda topmoqda. Bunga 
ishonch hosil qilmoq uchun yurtboshimizning maʻruzalaridan biridagi ushbu taʻkidga diqqat 
qilaylik:“Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga - oshib-toshib ketgan boylaru kambagʻal, 
qashshoqlarga boʻlinib ketishga yoʻl qoʻymasligi kerak”.Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har 
turli qingʻir yoʻllar bilan haddan tashqari katta boylik orttirib oʻzini qoʻyarga joy topolmay
“toʻqlikka shoʻxlik” qiladigan kimsalarning jilovini tortib qoʻyish bilan birga, halol mehnat 
kishilariga imkoniyat yaratib berish, ularni qoʻllab-quvvatlash, zurur boʻlsa, ragʻbatlantirib borish 
davlat siyosatining muhim yoʻnalishlariga aylanishi kerak. Adolatning ikkinchi talabi sifatida 
Prezident jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy muhitini belgilashda rahbar kadrlarni tanlash va 
ularni joy-joyiga qoʻyishga katta ahamiyat beradi va bu masalaga hal qiluvchi maʻnaviy-siyosiy 
omil, tub islohotlarning tayanchi va bosh yoʻnaltiruvchi kuchi, deb qaraydi: 
“Xalqning dardiga befarq qaraydigan, oʻz manfaatidan boshqa narsani oʻylamaydigan, xudbin 
va tamagir rahbarlar mamlakatimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga toʻsiq boʻlmoqda. Endi ular 
bilan murosa qilib boʻlmaydi. Bizga shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb, yurtim deb 
kuyib-yonib, oʻz halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar! 
Barcha boʻgʻinlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan, 
mustaqil mamlakatimizning obroʻsi, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas 
ekan ishlarimiz koʻngildagidek boʻlmaydi”.Iqtidorli deganda, biror soha boʻyicha layoqatini ongli 
ravishda sezgan, oʻzidagi qobiliyatni toʻla namoyon qilish uchun qatʻiyat koʻrsata oladigan kishilar 
tushuniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga - maqsadiga 
yetadi.Ular ishda mardlik, chidamlilik, oʻz-oʻzini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi hislat va 
fazilatlarga ega boʻlishadi, oʻz xatti-harakatlariga hamisha tanqidiy koʻz bilan qaraydilar, doimo 
olgʻa qarab intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon cheklanib qolmaydilar. Iqtidorli 
insonlar oʻz faoliyatlari bilan hatto baʻzi bir kamharakat katta isteʻdod egalariga qaraganda ham 
koʻproq jamiyatga foyda yetkazadilar. Qayd qilingan fazilatlar mujassamlanmagan rahbar 
rahbarlik lavozimiga yoki tanish-bilish, yoki qarindosh-urugʻchilik, yoinki pora berib erishgan. Bu 
nafaqat davlatning, balki butun xalqniig turgan-bitgan shoʻridir. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin