• odamlar ogʻirini yengil qilishini;
• xushmuomala boʻlishini;
• qanday davrada boʻlmasin doimo oʻzini oddiy tutishini;
• shonu shuhratga uchmasligini yaxshi anglashadi.
Samimiy xushmuomalalilik - bunday rahbar sofdil, ochiq koʻngil boʻladi, chin yuraqtsan
gapiradi. Qoʻl ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qoʻyib xizmat qiladi. Ular samimiylikni ogʻir va
juda
nozik masala, u aql va chuqur maʻnaviy odobni talab etishini, ,
shuningdek,, kimki
oʻzgalar bilan nosamimiy munosabatda boʻlishga odatlangan ekan, u pirovard natijada oʻz-
oʻziga ham samimiy boʻlolmay qolishini yaxshi tushunishadi.
Donolarning aytishlaricha, hushmuomalalikning oʻnta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof,
aql, ilm, hilm (muloyim), olijanoblik, koʻrkam feʻl, yaxshilik, sabr va muloyimlik.
Rahmdillik - bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli boʻladi. Ular boshqalarni koʻp
narsada
kechirishadi, ammo oʻzlarini hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat
insonlarning eng oliy
fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga
yordam qoʻlini choʻzishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi
tushunadilar.
Hushxulqlilik - bunday rahbar inson goʻzalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan
hushxulqlik insonni ulugʻlikka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik
xursand
boʻlishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, oʻzi
ham doimo xursand
yurishini, boshqalardan esa oʻziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi.
Donolarning fikricha, hushxulqlikning oʻnta nishonasi bor:
1. Yaxshi ishlarda odamlar bilan hamisha birga boʻlish.
2. Nafs koʻyiga kirmaslik.
3. Oʻzgalar aybini qidirmaslik.
4. Birovda biror ayb sodir boʻlsa, uni yaxshilikka yoʻyish.
5. Aybdor uzr soʻrasa, aybni kechirish. “Kechira olishlik - mardlik,
kechira bilmaslik
nomardlik sanaladi” (Amir Temur oʻgitlaridan).
6. Muhtojlar hojatini chiqarish.
7. Oʻzi haqida oʻylayvermay, boshqalar haqida ham qaygʻurish.
8. Oʻz aybiga iqror boʻlish.
9. Ochiq yuzli boʻlish.
10. Hushmuomala boʻlish.
Dostları ilə paylaş: