42
Butunligicha o‘rganish uslubi o‘qitishning yakuniy maqsadiga
qarab, harakat qanday ko‘rinishda bo‘lsa, uni shundayligicha
o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslubi o‘quvchilar oldiga
qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun harakatlarni nisbatan erkin
tanlashga ruhsat beradi.
O‘yin uslubi harakatlarning qat’iy tartiblashtirilishi, ularni
bajarishdagi mumkin bo‘lgan shartlarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi;
ijodiy qobiliyatlarni mustaqil namoyon qilish uchun keng
imkoniyatlar yaratadi, mashg‘ulotlarning ko‘tarinki ruhda o‘tishini
ta’minlaydi.
Musobaqa uslubi maxsus tashkil qilingan musobaqa faoliyatini
nazarda tutadi. Bunday faoliyat ushbu holda o‘quv mashg‘ulotlari
samaradorligini oshirish usuli sifatida qatnashadi.
Shunday qilib, o‘quv-mashg‘ulotlarda hamma sanab o‘tilgan
uslublar turlicha birikkan holda, andozali shakllarda emas, balki sport
tayyorgarligining muayyan talablarini hisobga olib, o‘zgartirilgan
shakllarda qo‘llaniladi. Uslublarni tanlashda shu narsaga e’tibor
berish lozimki, ular oldinga qo‘yilgan vazifalar, umumiy didaktik
tamoyillar, shuningdek sport mashg‘ulotining maxsus tamoyillari,
shug‘ullanuchilarning yosh xususiyatlari, ularning malakasi hamda
tayyorgarlik darajasiga qat’iy muvofiq bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: