43
mushaklarini zo‘riqtirish bilan bajaradilar.
Tez toliqib qolish va
ayniqsa yosh kurashchilarda ish qobiliyatining yetarli darajada
bo‘lmasligi ana shularga bog‘liq.
Shunday qilib, ushbu bosqichda bir qator xususiy vazifalar hal
etilishi lozim:
- o‘rganilayotgan texnik harakat to‘g‘risida yaxlit tasavvurni
shakllantirish va ulardan bellashuvlarda foydalanish to‘g‘risida
shug‘ullanuvchilarga ma’lumot berish;
-
shug‘ullanuvchilarning
harakat
malakalari
zahirasini
kurashning yangi usulini egallash uchun kerak bo‘lgan
elementlar
bilan boyitish;
- oddiy usullarning butunligicha bajarilishiga erishish;
-
kerak
bo‘lmagan
harakatlarni,
ortiqcha
mushak
kuchlanishlarini bartaraf etish.
2.4.2. Milliy kurashda qismlarga bo‘lib o‘rgatish bosqichi
Qismlarga bo‘lib o‘rganish bosqichining asosiy vazifasi
harakat malakasini shakllantirish hamda uni ko‘nikmaga o‘tgunga
qadar takomillashtirishdan iborat. Bu bosqichda alohida kurash
usullarining vaqt, makon va kuch tavsiflari aniqlanadi.
Agar oldingi
bosqichda harakat malakasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan
shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda uning hosil
bo‘lishi yuzaga keladi. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar
hal qilinadi:
- o‘rganilayotgan usul texnikasini
egallash va qismlarini
aniqlab olish;
- o‘rganilayotgan harakatlarning qonuniyatlarini tushunishni
chuqurlashtirish;
- bajarilishi zarur bo‘lgan amallarning ketma-ketligini batafsil
gapirib turish bilan o‘rganilayotgan harakatni bajarish;
-
o‘quv-mashg‘ulot
bellashuvlaridagi
o‘rganilayotgan
usullarning aniq, erkin va butunligicha bajarilishiga erishish.
Dostları ilə paylaş: