118
9.6. Kurashchilar gigiyenasi
Kurashchining kiyimi (yaktak va ishton)
toza quriq, yoqimsiz
hid bo‘lmasligi, qo‘l va oyoq tirnoqlari kalta olingan bo‘lishi, uzun
sochlar boshqa kurashchiga halaqit bermaydigan qilib yig‘ishtirib
olinishi kerak. Gigiyena qoidalarini bajarmagan
har qaysi kurashchi
musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum bo‘ladi.
9.7. Kurash gilami va uning o‘lchamlari
1. Kurash gilamining minimal o‘lchami 10x10 metr, 12x12
metr, 14x14 metr bo‘lishi, maksimal o‘lchami 16x16 metr bo‘ladi.
Kurash
gilami odatda qizil, yashil, ko‘k
va och yashil ranglardan
iborat material bilan qoplanishi shart (2-rasm).
2. Kurash gilami ikkita maydonga bo‘linadi.
Bu maydonlarni
ajratib turadigan chiziq “xavfli chiziq”
deyiladi,
u har doim qizil
rangda va eniga 1 metr bo‘ladi.
3. Xavfli chiziq ichidagi maydon “xavfsiz maydon” deyiladi,
uning minimal o‘lchamlari 8x8 metr, maksimal o‘lchamlari esa
10x10 metr.
4. “Xavfli chiziq” tashqarisidagi maydon “xavfli maydon”
deyiladi va eniga 3 metr bo‘ladi.
5. Kurash gilami yumshoq polda
yoki maxsus platformada
joylashishi, kurash gilami atrofida 1 metrdan kam bo‘lmagan bo‘sh
maydon bo‘lishi shart.
Kurash gilami 2 metrga 1 metrli qalinligi 5 yoki 4
santimetrli tatamidan tashkil topadi