O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Milliy kurash musobaqalari o‘tkazilganda kerak bo‘ladigan



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

9.8. Milliy kurash musobaqalari o‘tkazilganda kerak bo‘ladigan 
asbob-uskunalar 
 
1. Har bir gilam yonida quyidagi asbob-uskunalar qo‘yilishi 
shart. 
- stol va uchta stul; 
- ikkita yengil stul; 
- sekundomer (vaqtni ko‘rsatuvchi maxsus tablo); 
- mikrofon; 
- tablo (baholar va ogohlantirishlarni, sof vaqtni ko‘rsatish 
uchun). 
2. Ikkita yengil kursi yon hakamlar uchun xavfsizlik 
maydonining qarama-qarshi burchaklarida joylashtiriladi va ular 
ma’lumotlar tablosining ko‘rinish maydonini to‘sib ko‘ymasligi 
kerak. 
3. Tablo ish maydonidan tashqarida, uni hakamlar, 
tomoshabinlar bemalol ko‘rishi mumkin bo‘lgan holda joylashishi 
(har doim zaxirada nazorat uchun mexanik tablo bo‘lishi shart), 
baholar tablosi talablarga javob berishi kerak. 
4. Elektron soat ishlatilgan holda, mexanik soat tekshirish 
uchun ishlatiladi. 
5. Hakamni olishuv tugaganligi haqida xabardor qilish uchun 
bong yoki tovushli zang ishlatiladi. 
6. Tomoshabinlar (pressa, televideniye va boshqalar) 
musobaqalar o‘tkaziladigan maydonga 3 metrdan yaqin joylashishi 
taqiqlanadi. 
7. Elektron asbob - qo‘l uskunaning ishdan chiqish holati kelib 
chiqishi mumkin bo‘lganligi sababli qo‘l sekundomeri (shaxmat 
soati) va tablo elektron asbob-uskuna bilan bir vaqtda ishlatilishi 
kerak. 
9.9. Olishuvning boshlanishi va tugashi 
 
1. Har bir olishuv boshlanishidan oldin uchta hakam (o‘rtadagi 
hakam va ikkita yon hakam) musobaqalar o‘tkaziladigan 
maydonning chetiga birgalashib turishadi, o‘ng qo‘llarini chap 
ko‘krakka qo‘yib, o‘z joylarini egallashdan oldin ta’zim qiladilar. 
Musobaqalar o‘tkaziladigan maydondan chiqishdan oldin hakamlar 
takroran chetda yig‘iladilar va o‘ng qo‘llarini chap ko‘krakka qo‘yib 
tomoshabinlar ko‘p tomonga qarab, ta’zim qiladilar. 


121 
2. Kurashchilar ham gilamga chiqishdan oldin va uni tark 
etishda, kurash maydoniga kirishda va undan chiqishda, har bir 
olishuvning boshlanishida va oxirida o‘ng qo‘llarini chap ko‘krakka 
qo‘yib ta’zim qiladilar. Kurash maydoni oldidagi ta’zimdan so‘ng 
kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to‘g‘riga yurishlari 
shart, keyin o‘ng qo‘lni chap ko‘ksiga qo‘yib, bir-birlariga ta’zim 
qilishlari shart. 
3. Hakam olishuv natijasini e’lon qilgandan so‘ng 
kurashchilar yana bir bor o‘ng qo‘llarini chap ko‘ksiga qo‘yib bir-
birlariga ta’zim qiladilar va gilamdan chiqib ketadilar. 
4. O‘rtadagi hakam va yon tomondagi hakamlar tayyorgarlik 
holatida olishuvdan oldin, kurashchilar gilamga chiqishlaridan oldin 
kurash gilamida turishlari shart. 
5. Hamma ta’zimlar bo‘yin va gavdaning egilishi orqali 
bajariladi. Agar kurashchilar ta’zimni bajarmasalar, hakam uning 
bajarilishini talab qilishi shart. 
6. Gilamdagi hakamlar maydonni nazorat qilar ekanlar, 
gilamning usti tekis, toza, tatamilar orasi ochiq bo‘lmasligiga, yon 
hakamlar kursilari o‘z joylarida joylashishlariga va kurashchilar 
belgilangan qoida talablariga javob berishlariga e’tibor qaratishi 
shart. O‘rtadagi hakam bellashuvni boshlashdan oldin gilamni 
boshqaradigan hakamga (u o‘tirgan stolga) qarab tik holatda turishi 
kerak. 
7. Hakam “TO‘XTA” buyrug‘ini berar ekan, kurashuvchilarni 
ko‘rib turishi kerak, agar ular buyruqni eshitmay qoladigan hol kelib 
chiqsa, o‘rtadagi hakam tezda ularga yaqinlashib to‘xtatadi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin