131
9.19. Milliy kurashda taqiqlangan xatti-harakatlar Kurash musobaqalarida quyidagilar ta’qiqlanadi:
- raqibning ishtonidan ushlab olish;
- raqibga shikast yetkazishi yoki uning hayotiga xavf
tug‘dirishi mumkin bo‘lgan texnik usullarni qo‘llash;
- bug‘ish va og‘ritish usullarini qo‘llash.
9.20. Tablodagi baholar Har bir gilam oldida tablo bo‘lishi shart. Olingan baholar
tabloda ikki xil rangda ko‘rsatiladi:
Quyida ko‘rsatilganidek tabloda baho va ogohlantirishlar ikki xil
rangda ko‘rsatiladi. Tabloning o‘rtasida baholar va ogohdantirishlar
uchun joy bo‘lishi lozim.
KO‘K YONBOSH CHALA TANBEH DAKKI YASHIL 9.21. Milliy kurashdan musobaqa o‘tkazish tartibi - Musobaqalar olimpiya tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi; zarur
bo‘lgan holatda XKA ruxsati bilan nizomga o‘zgartirish kiritish
mumkin;
- hamma polvonlar orasida kuchlilarni hisobga olib ikki
(A va B) guruhga bo‘linadi;
- polvonning tartib raqami qur’a tashlash yo‘li bilan
belgilanadi va musobaqa tugagunga qadar saqlanib qoladi;
- juft raqamli polvonlar A guruhiga, toq raqamli polvonlar
B guruhiga yoziladilar;
-g‘olib chiqqan polvon keyingi davra musobaqalariga
qo‘yiladi;
- A va B guruh g‘oliblari finalga chiqadilar va 1-2- o‘rinlar
uchun kurashadilar. Finalga chiqqan kurashchilarga boy bergan
kurashchilar 3-o‘rinni egallaydilar.