O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Vaqtni kuzatuvchi hakam. 1. Vaqtni kuzatuvchi hakam 
kurashchilar olishuvga chaqirilgandan keyin gilamga qancha vaqt 
mobaynida kelishini nazorat qiladi. Agar uzrsiz kechikib kelsalar bu 
haqida darrov hakamni ogohlantirishi kerak. 
2. Olishuv vaqtini har bir daqiqasini nazorat qilib hisoblab 
boradi. Agar olishuv davomida kurashchi tibbiy yordam olsa yoki 
boshqa sabablar bilan olishuv to‘xtatilsa hammasini hisoblab bosh 
hakamni habardor qilishi shart. 
3. Kurashchi 1 minutda gilamga chiqmasa “Tanbeh”, 2 
minutda “Dakki” 3 minutda “G‘irrom” ogohlantirilishi beriladi. 
Tablodagi hakam. 
- o‘rtadagi hakam e’lon qilgan har bir bahoni yoki 
ogohlantirishlarni tabloda ko‘rsatib boradi; 
- agar o‘rtadagi hakam e’lon qilgan natijalarni ko‘rolmay yoki 
eshitolmay qolsa, gilam boshqaruvchi hakamdan aniqlab oladi; 
- tabloda aks ettirilgan baholar gilamda kurashchilardan 
birining g‘olib chiqqanligini e’lon qilguncha turishi shart. 
E’lon qiluvchi hakam. 1.Musobaqaning kun tartibini, qaysi 
vazn toifasida, kimlar o‘rtasida olishuv bo‘lishini, qaysi kurashchilar 
olishuvga tayyorlanib turishini e’lon qilib boradi. Gilamga chiqqan 
har bir kurashchi haqida ma’lumot berib boradi. Gilamni 
boshqarayotgan hakam va gilamdagi hakamlar haqida ham 
tomoshabinlarga ma’lumot berib boradi. 
2. Olishuv natijalarini e’lon qiluvchi hakam tomonidan e’lon 
qilingandan so‘ng hakamlar qarori qat’iy hisoblanadi va qayta 
muhokama qilinmaydi. 
3. Musobaqa va kurashga taalluqli bo‘lmagan e’lonlar faqat 
bosh hakam yoki uning o‘rinbosarlari ruhsati bilan e’lon qilinadi. 
Musobaqa komendanti - musobaqa o‘tadigan sport zali, 
stadion yoki maydon, kurash tushadigan gilam (tatami), hakamlar 


115 
uchun stol-stul, zang (gong) va boshqa jihozlarning tayyorgarligiga 
mas’ul shaxsdir; 
- musobaqaning tinch o‘tishiga ham javobgar shaxs; 
- musobaqa komendanti bosh hakam topshirig‘iga binoan ish 
olib boradi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin