110
11. Tanaffus vaqti - 20 minut.
12. Musobaqada ishtirok etish uchun arizalar berish muddati.
13. Tibbiy nazorat va tozalikni ta’minlash tartibi.
14. Mandat komissiyasiga tavsiya etiladigan hujjatlar.
15. Norozilik bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi.
16. Musobaqa o‘tkaziladigan sana va har bir vazn toifasida
bellashuvlar boshlanish vaqti.
17. Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlarni mukofotlash tartibi.
18. Musobaqaning yopilish marosimi.
9.2. Milliy kurashdan musobaqa turlari.
1. Shaxsiy birinchilik.
2. Jamoa birinchiligi.
3. Shaxsiy va jamoalar birinchiligi.
4. Ochiq gilam birinchiligi.
5. Mutloq birinchilik.
- Shaxsiy birinchilik har bir kurashchining olishuv natijalari,
o‘zining shu musobaqadagi olgan o‘rnini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Musobaqa oxirida har bir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar
aniqlanadi;
- jamoalar birinchiligida har bir jamoaning olgan o‘rni
aniqlanadi;
- shaxsiy va jamoalar birinchiligida har bir qatnashchining
olgan o‘rni va shunga qarab, har bir jamoaning olgan o‘rni
aniqlanadi;
- ochiq gilam birinchiligida har bir kurashchi o‘zining sport
klassifikatsiyasi, unvoni va mahoratini oshirish uchun kurashadi;
- mutloq birinchilikda: har qanday kurashchi vazn toifasidan
qat’iy nazar (bosh hakam ruhsati bilan) qatnashish huquqiga ega;
Dostları ilə paylaş: