104
Birinchi to‘rtta vazifalar raqib to‘g‘risida turli, mumkin qadar
to‘liq ma’lumotni to‘plash hamda ishlab
chiqish asosida murabbiy
tomonidan hal etiladi.
Raqib to‘g‘risidagi hamma ma’lumotlarni o‘rganib chiqib va
uning imkoniyatlarini o‘z kurashchisi imkoniyatlari bilan solishtirib,
murabbiy oldinda turgan bellashuv rejasini ishlab chiqadi. Uni
amalga oshirish o‘quv-mashg‘ulotlarda
modellashtiriladi hamda
batafsil aniqlanadi.
Beshinchi vazifani hal etish uchun quyidagi uslubiy usullardan
foydalanish mumkin:
- o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini ma’qullash
yordamida
kurashchi tomonidan salbiy hayajonlarni ongli ravishda bostirish;
- kurashchilarning alohida xususiyatlari va ularning emotsional
holatiga qarab, badan qizdirish mashqlari
vositalari hamda
uslublaridan maqsadli foydalanish;
- autogen va ruhiy boshqarish mashg‘uloti vositalari hamda
uslublaridan foydalanish.
8.3. Milliy kurashchilarning ruhiy tayyorgarligi va texnik-taktik
Dostları ilə paylaş: