109
IX BOB. MILLIY KURASHDAN MUSOBAQALARNI
TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH QOIDALARI
8
Musobaqa – bu o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tarkibiy
qismidir. Mashg‘ulot jarayonida odatda, kurashchining yuqori sport
natijalariga erishishiga yordam beradigan hamma sifatlarni yuksak
darajada namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish imkoniyati yo‘q.
Musobaqalarda har bir kurashchi o‘z raqibini yengishga
intiladi va bu intilish sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab
qiladi. Bu nafaqat insonning funksional imkoniyatlarini namoyon
qilishga imkon beradi, balki ularni shakllantirish vositasi bo‘lib
xizmat qiladi.
Musobaqalar quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
- sport jamoasida o‘quv-mashg‘ulot ishi ahvolini aniqlash;
- kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniqlash;
- u yoki bu tayyorgarlik bosqichida o‘quv-mashg‘ulot ishiga
yakun yasash;
- kurashni targ‘ib qilishga va shug‘ullanuvchilar sonini
oshirishga yordam berish.
Musobaqalarning xususiyatlari, ularni o‘tkazish usullari,
musobaqalar nizomida belgilab berilgan.
Dostları ilə paylaş: