Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали 2-курс талабалари учун



Yüklə 153,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2022
ölçüsü153,23 Kb.
#71047
1   2   3   4
Variant 4 
A bo‘lim 3-savol 
Fuqarolik huquqidagi “Muddatlar va da’vo muddati” huquqiy instituti 
ijtimoiy hayotdagi yangi ijtimoiy munosabatarni tartibga solishga xizmat qiladi. 
Muddat tushunchasi fuqarolik huquqining to‘la-to‘kis amal qilishida muhim 
omildir. 
Muddatlar 
majburiyatlarning 
bajarilishini 
tezlashtirish, 
aniqlik, 
kechikmaslik, taraflarning o‘z majburiyatiga e’tiborli bo‘lishini ta’minlaydi. Vaqt 
o‘tish oralig‘ini muddat deb ataymiz. Muddatlar turlarga bo‘linadi. Bu bo‘linish 
muddatlarni kim tomonidan tayinganligi yoki aniq tavfsiflarga ko‘ra amalga 
oshiriladi. Qaysi subyekt tomonidan belgilanishiga qarab: 
1) Qonuniy muddatlar; 
2) Shartnomali muddatlar; 
3) Sud tomonidan belgilanadigan muddatlarga bo‘linadi. 
Bundan tashqari muddatlar imperativ, dispozitiv, aniq, noaniq, qisman aniq 
va boshqa turlarga ham bo‘linadi. Qonuniy muddatlar fuqarolik huquq va 
burchlarni belgilaydi, o‘zgartiradi yoki bekor qiladi. Qonuniy muddatlar 
munosabat ishtirokchilari tomonidan o‘zgartirilishi mumkin emas. Misol 
tariqasida, FKning 22-moddasiga muvofiq fuqarolik muomala layoqati 18 yoshdan 
boshlanadi. Lekin, FK 16 yoshga to‘lgan fuqaroni ham to‘la muomalaga layoqatli 
deb topish hollarini mustahkamlaydi (FKning 28-moddasi) yoki fuqarolik huquqi 
subyektlarining xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarining muddatsizligini olsak 
bo‘ladi. Shartnomali muddatlar, bilamizki shartnoma ishtirokchilarining eng 
muhim huquqi shartnoma tuzish erkinligi. Ushbu huquqda shartnoma shartlari va 
muddatlari ishtirokchilarining tanlovlari bilan belgilanadi. Fuqarolik kodeksi 354-
moddada shartnom tuzish erkinligi keltirilgan. Sud tomonidan belgilanadigan 
muddatlar 

fuqarolik huquq va majburiyatlarini amalga oshiruvchi, ularni 
muhofaza qilish, ishni bajarish, tovarni topshirish, pulni to‘lash, xizmat ko‘rsatish 
yuzasidan vujudga keladigan ishlarga nisbatan sudlar bir qator muddatlarni 
belgilaydi. Bu muddatlar qarzdorni muayyan harakatni qilish vaqtini belgilashga, 
taraflar o‘rtasidagi nizoni bartaraf etishga doir bo‘lishi mumkin. Masalan, sud ishni 
ko‘rib chiqib, hal qiluv qarorida yetkazilgan zararni bir oy ichida qoplash 
lozimligini belgilaydi. 

Yüklə 153,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin