Kontraktatasiya shartnomasi qishloq xo‘jaligi sohasida tuziladigan
shartnoma hisoblanadi. Oldi-sotdi shartnomasining bir turi bo‘lsada, o‘zining
alohida huquqiy belgilariga ega. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 465-
moddasida kontraktatsiya shartnoma ta’rif berib o‘tilgan: “Kontraktatsiya
shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq
xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid
qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib
turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib
turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to‘lash (to‘lab
turish) majburiyatini oladi.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa yoki u
majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, kontraktatsiya shartnomasiga nisbatan
mahsulot yetkazib berish shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, tegishli hollarda esa
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga doir davlat kontrakti
to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanadi.” Demak, kontraktatsiya shartnomasi qishloq
xo‘jaligidagi mulkchilik jihatidan farqlanmaydigan, korxonalar, shirkat, fermer va
dehqon xo‘jaliklari tomonidan mahsulotni xarid qiliuvchi tomonga tovar yetkazib
berish shartnomasiga aytiladi. Kontraktatasiya shartnomasi taraflari anchagina
murakkab bo‘lib, bir tomonda ommaviy yoki xususiy mulkchilik, korxona, shirkat,
fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari mahsulot yetkazib beruvchi. Ikkinchi
tomon jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, mahsulotni xarid qilib, qayta ishlab
yoxud
qayta
ishlamasdan
sotuvchi
tomon
hisoblanadi.
Kontraktatsiya
shartnomasining huquqiy belgilari: 1. Konsessual ya’ni taraflar kelishuviga
asoslangan. 2. Ikki tomonlama, taraflarning har biri ma’lum bir huquq va
majburiyatlarga ega bo‘ladi. 3. Haq baravariga, shartnoma haq to‘lashga
asoslangan. 4. Shartnoma ham rejali, ham erkin tuzilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: