B bo‘lim 1-kazus
Keltirilgan muammoli vaziyatda fuqarolik huquqi ishtirokchilarining
huquqlari buzilishlari kuzatilgan. Tadbirkor A.Salimovning harakatlari to‘g‘ri
emas va qonunga ziddir. Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent shahar
binolardan foydalanish departamenti bilan Yashnobod tumani, Oloy ko‘chasida
joyashgan 10-uyni tasarruf etish borasida ijara shartnomasi imzolagan. Bundan
kelib chiqadiki mol-mulkni tasarruf etish huquqi Toshkent tibbiyot akademiyasiga
tegishli. Tadbirkor A.Salimov o‘zboshimchalik bilan egalik qilmasdan, Fuqarolik
kodeksi 546-moddaga asoslanib qo‘shimcha ijaraga berish shartnomasini imzolashi
kerak edi. Qo‘shimcha ijaraga berish shartnomasiga binoan mulkka egalik qilish
tasarrufini Toshkent shahar binolardan foydalanish departamenti roziligi bilan
Toshkent tibbiyot akademiyasi tadbirkor A.Salimovga topshirsa bo‘lar edi.
Tadbirkor A.Salimovning harakatlari noqonuniy va mulkka egalik qila olmaydi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi vindikatsion da’vo bilan sudga murojaat qilgan,
Fuqarolik kodeksi 228-modda: “Mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning
qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli (vindikatsiya).” Vindikatsion da’vo
mulkdorning huquqlarini himoya qiladi. Vindikatsiya so‘zi lotin tilidan olingan
bo‘lib, “Kuch qo‘llanishini e’lon qilish degan ma’noni anglatadi”. Toshkent
tibbiyot akademiyasi vindikatsion da’vo bera olmaydi, chunki, tibbiyot
akademiyasi mulkdor emas ijarachi. Sud ishni ko‘rib chiqayotganda tadbirkor
A.Salimovning harakatlarini noqonuniy deb topadi, vindikatsion da’voni esa rad
etadi. Mulkka egalik huquqini tibbiyot akademiyasiga qaytarib beradi. Agarda,
Toshkent tibbiyot akademiyasi operativ boshqaruv asosida mulkdor hisoblanganda
vindikatsion da’vo inobatga olinib mulk qaytarib berilar, tadbirkor esa tegishli
asosda javobgarlikka tortilar edi. Xulosa o‘rnida, har ikkala taraf harakatlarini
noto‘g‘ri deb hisoblayman.
Dostları ilə paylaş: |