O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
21
CHARXIY
(1900-1979)
Mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini yangi davrda muvaffaqiyatli davom
ettirgan zamondoshimiz shoir Asqarali Hamroali o’g’li Charxny Qo’qonda 1900 yilda
tavallud topgan. Boshlang’ich ma’lumotni eski maktabda
olgan Asqarali otasidan
husnixat mashq qilishni, onasidan she’r yozishni o’rgandi.
Bo’lg’usi shoir Hofiz, Sa’diy, Navoiy, Bedil, g’azallarini mehr bilan o’qiydi.
Sulaymonqul Rojiy, Mirza Ho’qandiy kabi qo’qonlik shoirlardan aruz qoidalarini o’rganib,
koproq hajviyotga moyillik ko’rsatdi. Asqarali Oktyabr to’ntarishidan
keyin Charxiy
taxallusi bilan she’rlar yozib yurgan bo’lsa-da, ularni uzoq vaqtgacha matbuotda e’lon
qilmaydi.
Charxiy 1938-1939 yillardai boshlab, Qo’qondagi «Yangi Farg’ona» gazetasida,
«Mushtum» jurnalida faol qatnashdi. Shoir «Shirin va achchiq» (1959), «She’rlar»
(1966), «Alixo’ja va Xo’jaali» (1970), «Devon» (1972) nomli kitoblarini o’quvchilarga
taqdim etdi. Charxiy ijodida lirik she’rlar
bilan bir qatorda, satirik she’rlar ham alohida
o’rin tutadi.
Charxiy mumtoz adabiyotimizning asosiy vazni — aruz sistemasida va klassik
she’riyatnipg turli janrlarida muvaffaqiyatli ijod etgan va uni rpvojlantirgan iste’dodli
shoirdir. U ko’p yillar davomida Qo’qondagi Muqimiy uy-muzeyida ilmiy xodim bo’lib
ishlab, Muqimiyning ko’p qirrali adabiy merosini to’plash
va avaylab saqlash ishiga
munosib hissa qo’shgan.
1975 yilda respublikamiz hukumati shoir Charxiyga O’zbekiston xalq shoiri degan
faxriy unvon berdi.
Charxiy iste’dodli g’azalnavis, ajoyib qo’shiqchi-shoir, jonkuyar ma’rifatchi sifatida
ixlosmandlari xotirasida o’chmas iz qoldirdi.
U 1979 yil 18 dekabrda Qo’qonda vafot topdi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: