O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
25
BOTU (MAHMUD HODIYEV)
(1904-1938)
Botu yangi zamon o’zbek adabiyotini
boshlab berganlardan biri, iste’dodli shoir va
jamoat arbobi edi. U 1904 yil 16 mayda Toshkentning Shayxovandtohur dahasining
Qatorterak mahallasida tug’ildi.
Boshlang’ich ta’limni eski usuldagi maktablarda olgan bo’lsa ham, oliy ta’limni
Moskvadagi Pokrovskiy nomidagi institutning rabfakida (1921) oldi. So’ngra
Moskva
Davlat dorilfununining iqtisod fakultetida o’qishni davom ettirdi (1921—1927).
Samarqand Pedakadyomiyasiga qaytgach, adabiy va ilmiy ish bilan mashg’ul bo’ldi. 20-
yillarning o’rtalaridan boshlab, partiya, davlat ishlarida faollik ko’rsata boshladi.
Samarqandda nashr etilgan «Alanga» oynomasida va «Farg’ona» ro’znomasida
muharrirlik qildi.
Shu davrdan boshlab, uning she’r
va hikoyalari, publitsistik asarlari va ocherklari —
«Bilim o’chog’i», «Inqilob», «Tong», «Alanga», «Maorif va o’qituvchi» singari
oynomalarda chop etiladi. Uning «Hayit harom bo’ldi» (1929), «Tursun» (1930) kabi
hikoyalarida eskilik bilan yangilik o’rtasida kurash, ziddiyat o’z ifodasini topdi. Ayniqsa,
«Hayit harom bo’ldi» hikoyasida eski dunyo tarafdorlarining inqirozi hajviy yo’sinda fosh
etiladi. Uning «Oktyabrdan so’ng o’zbek adabiyoti...», «Umid uchqunlari», «To’lqin
tovushlari» kabi maqolalarida esa til, imlo, adabiyot taqdiri haqidagi o’z qarashlarini
bayon etadi.
Shuningdek, uning «Umid uchqunlari», «To’lqinlarim» (1930) kabi she’riy
to’plamlari nashr etiladi. Ulardagi «O’zbek qiziga» (1920), «Kuz kunida», «Parchalar»,
«So’rma», «Hijron to’lqinlari», «Umid uchqunlari» (1925) kabi she’rlari samimiy va
hayajonli tuyg’ular ifodasi edi. Ayniqsa, uning tabiat go’zalliklari, sehrli, karomatini
ochuvcha «Ko’klam», «Oloy qizi», «Kaspiy dengiziga» kabi she’rlari kitobxonni o’ziga
maftun etardi. Shoirning «Birinchi xat» poemasi ham mashhur bo’lgan. Eng muhimi,
uning she’rlarida porloq, ozod kelajak uchun kurash bosh motiv desa bo’ladi. Shu
jihatdan, uning «Qo’zgolish», «Isyon», «Bizning tovush», «U kun», «Yosh
yurak
to’lqinlari» kabi o’nlab she’rlarida hayot, kurash, kelajak tushunchasi bosh mavzudir.
Shuning uchun xam shoir o’z yurti, eli osmonini musaffo ko’rishni xohlaydi:
Yirtilingiz, ey yaramas qora qalin pardalar,
Hech yovuqsiz yulduzlarning nurli yuzi ochilsin!
Yo’qolingiz yorug’likni to’saturgan bulutlar,
Yurtimizga eng yuksakdan yorug’liklar sochilsin!
Ha, shoir orzu qilgan yangi olam ko’ksidagi ozodlik quyoshi,
istiqlol quyoshi nur socha
boshladi. Bu nur barqaror bo’lsin, deymiz.
Botu jamoat arbobi va tarjimon sifatida ham elga tanilgan edi. Xususan,
respublikamizda maktab-maorif va oliy ta’limni, fan va madaniyatni rivojlantirishda
jonbozlik ko’rsatgani ma’lum. Biroq, Botu o’z davri siyosatiga mute holda ba’zi xato va
ziddiyatli yo’lda ha bo’lgan. Xususan, Fitrat va Cho’lponlarga («Mening kecham»iga
«Mening kunduzim» bilan javob qilgan) qarshi mafkuraviy kurashlarda ham ishtirok etdi.
Shunga qaramay, u adabiyotimiz tarixida o’ziga xos
ovozli shoir, sifatida o’rin egallaydi.
Uning bir o’gli — Erkli Mahmudovich Hodiyev jarroh, tibbiyot fanlari doktori,
professor