www.ziyouz.com кутубхонаси
26
bo’lsa, qizi — Naima Mahmudovna Mahmudova tibbiyot fanlari doktori, professor, yirik
jamoat arbobi (Respublika kasaba uyushmasi raisi bo’lgan) hamdir. Botu vafoti haqida
xilma-xil qarashlar mavjud. Ularning birida Botu 1940 yilda xastalikdan vafot etdi
deyilsa, boshqasida 1938 yil 8 mayda Moskvada xalq dushmani sifatida otib yuborilgan
deyiladi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
27
OYBEK
(1905-1968)
Sho’ro davri o’zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan ulug’ adib, shoir,
olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905 yili Toshkent shahrida
bo’zchi oilasida dunyoga keldi.
Oldin o’rta maktabda, 1922—1925 yillarda esa Toshkent pedtexnikumida ta’lim oldi.
So’ngra O’rta Osiyo Davlat dorilfununida ijtimoiy fanlar fakultetida o’qishni davom
ettirdi. Leningraddagi Plexanov nomidagi Xalq xo’jaligi institutida tahsil ko’rdi. 1930 yili
O’rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, Oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars beradi.
Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg’ular» she’riy to’plami bilan kirib
keladi. Shoirning «Dilbar davr qizi» (1931), «O’ch» (1932), «Baxtigul va Sogindiq»
(1933), «Temirchi Jo’ra» (1933) poemalari o’z davrining she’riy solnomalaridandir.
Uning yigirmadan ortiq dostonlari bo’lib, tarixiy, zamonaviy va xorijiy mavzularda
yaratilgan.
O’zbek xalqining 1916 yilgi milliy ozodlik qo’zg’oloni yozuvchining «Qutlug’ qon»
(1940) romanida zo’r mahorat bilan realistik ifodalangan. Adibning ikkinchi yirik tarixiy
asari «Navoiy» (1944) romanidir. Oybek bu romanda o’zbek adabiyotida birinchi bo’lib,
ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan
shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so’nggi davr yaratuvchilik mehnati,
«Quyosh qoraymas» (1958) romanida Ulug Vatan urushida erishilgan g’alaba aks
ettirilgan. Adibning «Ulug’ yo’l» (1967) asari esa «Qutlug’ qon» romanining mantiqiy
davomi bo’lib, unda yozuvchi milliy ongning shakllanishini mahorat bilan ko’rsata olgan.
Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qildi. Adib Pokiston hayotini, fikr va tuyg’ularini,
kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklarida, qator she’rlarida, «Zafar va
Zahro», «Haqgo’ylar» dostonlarida, nihoyat «Nur qidirib» povestida tasvirladi.
Adibning avtobiografik povesti «Bolalik» 1963 yilda yaratildi. Qissaning bosh
qahramoni yosh Muso ya’ni Oybekning o’zidir.
Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo’libgina qolmay, mashhur olim, davlat va jamoat
arbobi, publitsist tanqidchi va tarjimon hamdir. O’zbek kitobxoni Pushkinning «Yevgeniy
Oiegin», Lermontovning «Maskarad» asarini, antik Rim adabiyoti namunalarini, arman
eposi «Sosunli Dovud»ni Oybek tarjimasida o’qishga muyassar bo’lgan.
Oybek 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi va
1950 yilgacha Akademiyada ijtimoiy fanlar bo’limining raisi lavozimida ishladi. U yuqori
malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo’shgan ustozdir.
Ulkan adib «Navoiy» romani uchun Ittifoq Davlat mukofoti laureati bo’ldi, bir necha
orden va medallar bilan taqdirlandi. U O’zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi
Respublika Davlat mukofoti sovrindori ham bo’lgan. Yozuvchining asarlari o’zbek
adabiyotining jahon aro shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar
uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o’lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan
mangu o’rin oldi va umumxalq mulki bo’lib qoldi. Uning eng yaxshi asarlari jahon
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |