Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
45
Komil Yashin keyingi yillarda «Hamza» romanini yozib chop ettirdi. Uning so‘nggi 
asarlaridan biri ikki kitobdan iborat «Yodgorlik» memuarnomasidir. Gap Komil Yashin 
kabi keksa san’atkorlar haqida borganda ular yo‘l qo‘ygan xatolar yoki nuqsonlarni davr 
ruhiyati, talabi bilan bog‘liq holda ko‘rish zarurdir. To‘g’ri, uning ko‘p asarlarida Uyg’un, 
G’.G’ulom, N. Safarov va boshqa adiblar kabi partiyaviy avangardlik me’yoridan oshib 
ketgan, shuning oqibatida ular asarlarida tarixiy haqiqatdan ma’lum chekinish hollari 
sodir bo‘lgan. Eng muhimi, hozirgi avlod ular yo‘l qo‘ygan xatolarni 
takrorlamasliklaridadir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
46
PARDA TURSUN 
(1909-1957) 
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Parda Tursundir. U 
1909 yili Namangan viloyati Pop tumanidagi Chorkesar mahallasida dehqon oilasida 
tug’ildi. Ota-onadan erta yetim qolgan Parda Tursun sarson-sargardonlikda hayot 
kechiradi.
Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlog’idan Toshkentga yetaklaydi. 
Kishilar eshigida xizmatkor bo‘lib kun kechiradi. Undagi ilmga tashnalik 1923-1927 
yillarda tajriba ko‘rsatkich maktabiga, 1927-1928 yillarda Karl Marks nomli pedagogika 
bilim yurtiga olib keladi. So‘ngra, toki 30-yillar boshiga qadar Toshkent viloyatining 
Piskent tumanidagi maktablarda o‘qituvchilik qiladi. Uning adabiyotga qiziqishi xuddi shu 
davrdan boshlangan bo‘lib, «Qizil O’zbekiston» («O’zbekiston ovozi») ro‘znomasi 
muharririyatiga yetaklaydi. 1929-1934 yillarda mazkur ro‘znoma sahifalarida o‘zining 
xabar, ocherk, hikoyalariyai chop ettiradi. 1930 yilga kelib, uning «Zo‘rlik» nomli birinchi 
hikoyasi e’lon qilinadi. 
1934-1935 yillarga kelib, adibning «Ostonada», «Qo‘ldosh va Marusya», «Bir 
xotinning tarixi» kabi bir necha hikoyalari yaratiladi. 
Parda Tursun ijodiy faoliyatida uning «Domla (1937) hikoyasi muhim rol o‘ynaydi. 
Mazkur hikoyaning syujet chizig’i aytish mumkinki, adibning butun umri davomida 
yaratgan o‘rta va yirik asarlari sahifalariga ko‘chdi, qissa va romanlarining bosh 
mavzuiga aylandi. 
Parda Tursun bu yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator hikoyalar, o‘nlab 
ocherklar yaratdi. Uning «Dadajon rais» (1932), «Yangi raislar» (1933), «Majlisda» 
(1934), «Quvnoq hayot» (1935), «Yaylovda (1935), «Traktorchi» (1935) kabi ocherklari 
shular jumlasidandir. Adib hikoyalaridagidek ocherklarida ham o‘zbek ziyolisining bosib 
o‘tgan yo‘li, kurashi haqida hikoya qiladi. 
1941-1945 yillarda adib bir qo‘lida qurol, bir qo‘lida qalam bilan ona-Vatan 
himoyasida bo‘ladi. Urushdan keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlarida talaba, o’qituvchi, 
nashriyotlarda muharrir bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. 1947 yili uning birinchi yirik asari — 
«Haq yo‘l» nomli qissasi chop etiladi. Undagi bosh qahramon Xolmurod Do‘stmatovning 
hayot yo‘li timsolida adib tarjimai holi emas, o‘zbek ziyolisining bosib o‘tgan mashaqqatli 
yo‘li gavdalantiriladi. U keyinroq «O’qituvchining yo‘li» nomi bilan o‘zbek va rus tillarida 
chop etiladi. 1950 yillarga kelib, mazkur qissa qayta ishlanib, «O’qituvchi» nomi bilan 
mustaqil bir asar — roman sifatida nashr etiladi. Undagi bosh qahramon Elmurod obrazi 
hatti-harakati va xarakteri vositasida o'zbek ziyolisi — o‘qituvchisining hayoti va kurash 
yo‘li umumlashmasiga ko‘tarildi. 
Parda Tursun jurnalist, o‘qituvchi, noshir va publitsist, ocherknavis va hikoyanavis
qissanavis va romannavis bo‘lishi bilan birga mohir tarjimon ham edi. U Saltikov-
Shchedrin, A.Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o‘zbek tiliga ag’dargan. 
Uning asarlari ko‘plab qardosh va xorijiy tillarga tarjima bo‘lgan. U 1957 yilda vafot 
etgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin