www.ziyouz.com кутубхонаси
51
MAMARASUL BOBOYEV
(1911-1969)
Iste’dodli shoir Mamarasul Boboyev o‘z asarlarida real voqelikni, inson go‘zalligini
kuylab, kishilarning yorqin obrazini yaratishga intildi.
Mamarasul Boboev Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1911 yili tug‘ildi. U
dastlabki ma’lumotni Navoiy nomli maktabda oldi, Shoir 1927 yilning kuzida Buxorodagi
xo‘jalik texnikumiga o‘qishga kirdi.
1934—1938 yillarda Mamarasul Boboev Toshkent davlat pedagogika instituti til va
adabiyot fakultegning sirtqi bo‘limini tamomladi. 1939 yilda «Guliston» jurnalida uning
«Ulug’bek» nomli tarixiy poemasi bosilib chiqdi.
Ulug‘ Vatan urushi shoir uchun sinov yillari bo‘ldi. U 1941-1946 yillarda vatan
mudofaasida qatnashib, Eronda xizmat dildi.
«Vatan sha’niga» (1939), «Shodiyona» (1951), «Sevgan qo‘shiqlarim» (1959),
«Yangra rubob» (1961), “Ayni yoz” (1961), «Yuragimning aytganlari» (1963) singari
qator she’riy to‘plamlarning muallifidir.
Lermontov, Nekrasov. Simoyov, Surkov, Vurg’un, Qulitev,; Shchipachev, Musa Jalil,
Tumanyan, Rasul Hamzatov kabi shoirlarning asarlari Mamarasul Boboyov tarjimasida
o’zbek kitobxonlarida borib yetdi. Uning “Eron osmoni ostida” turkum she’rlari horijiy
sharq mavzuidagi eng yaxshi asarlar sirasiga kiradi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
52
USMON NOSIR
(1912-1944)
30-yillarning ko‘zga ko’ringan, el og’ziga tushgan iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912
yil 13 noyabrda Qo‘qon shahrida hunarmand oilasida dunyoga keldi.
Bolaligi bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Til va adabiyot fakultetida
Amin Umariy, hasan Po'latlar bilan birgalikda tahsil oldi.
Usmon Nosirning ilk she’rlari universitetda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda
ko‘rina boshlagan edi. Natijada shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar
satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy
to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» poemalari hamda «Atlas» she’riy dramalari birin-
ketin nashr qilindi. Uning «Norbo‘ta» (1932) asarida O’zbekistondagi fuqarolar urushi
mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari
kuylangan bo‘lsa, antik dunyodagi qullar kurashini aks ettiruvchy «Nil va Rim» kabi
poetik asarlari tarix va xalq mulki bo‘lib qoldi.
Usmon Nosir she'riyati, avvalo, hayotiyligi, qolaversa, jozibali va isyonkorligi, ayni
chog'da sodda va ravonligi bilan tezda kitobxon qalbidan chuqur joy egallaydi. Shundan
bo'lsa kerak, shoir she'rlari hamon davralarda tez-tez yoddan aytiladi:
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding,
Ko‘zimga oyni berkitding
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko‘krak.
Sevinchim toshdi qirgoqdan
Tilim charchar, ajab gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida
Pushkiniing «Boqchasaroy fontani» poemasi, Lermontvaning «Demon» («Iblis») asari
o’zbek kitobxonlarining qalbiga yetib brogan.
Samimiy, jo‘shqin, lirik iste’dod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini
hayajonga soladi. Usmon Nosir qatag‘onlik davrining qurboilaridan biri sifatida yosh
umrini sho‘ro lagerlarida azob-udubatda o'tkazib, tutqunlikda 1944 yili vafot etgan.
Shoir nomi yoshlik, kurash, go‘zallik kuychisi bo‘lib, o‘zbek xalqi qalbida abadiy
yashaydi. Ha, shoir o‘zi aytganidek:
Ming yillardan keyin ham
Unutma meni bog'im.
She’rlarim yangrab qolur...
Bir umrga o‘lmayman,—
deganda haq edi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |