www.ziyouz.com кутубхонаси
56
ZULFIYA (1915) O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash
jarchisi Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira
Xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlarida (1931-1934) adabiy to‘garaklarda she’r
mashq qila boshladi. 1935-1938 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining A.S.
Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.
So‘ngra 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O’zbekiston Davlat
nashriyotida bo‘lim boshlig’i, 1950-1953 yillarda esa «O’zbekiston xotin-qizlari”
oynomasida bo‘lim boshlig‘i va nihoyat, 1953-1980 yillarda «Saodat» oynomasining
bosh muharriri bo‘lib ishladi.
Zulfiya 17 yoshida yozgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli birinchi she’rlar to‘plami
bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyatxon Tillaxonovalar safiga kirib keldi. Yosh shoira
poeziyasi zamonaviy, aktual mavzularga bag’ishlanadi.
Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og’zaki ijodiyoti va jahon
adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi.
Shoira «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig’i» (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va
uning dala, cho‘llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning
qaynoq hayotlariga bag‘ishlaydi. Ayni choqda mazkur to‘plamlardagi she’rlar yosh
shoiraning she’riy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida
ham muhim edi.
Ulug’ Vatan urushi davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron
kunlarida» (1944) kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar
qatoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. To‘plamdagi she’rlar Vatanga
muhabbat, dushmanga nafrat va g’alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan
xarakterlidir. Zulfiyaning «Mening Vatanim», «Qo‘limda qurolu ustimda shinel», «Bizni
kut» kabi umidbaxsh she’rlari urush davri o‘zbek she’riyatining jangovar ruhini
anglatuvchi asarlari qatoridan mustahkam o‘rin olgan.
Hozirjavob shoiraning urushdan so‘nggi yillarida yozilgan «Chorjo‘y—Qo‘ngirot»
(1947), «Dalada bir kun» (1948), «Zootexnik qiz» (1952), «Tong qo‘shig’i» (1953) kabi
bir qator she’rlar turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar» (1958),
«Kuylarim sizga» (1965), «Salom, sizga erkparvar ellar», «O’g‘lim, sira bo‘lmaydi
urush» kabi she’r va to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik
ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi, xunrez urushlarga la’natlar o‘qiladi.
Uning «So‘roqlaydi shoirni she’rim» (1960), «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967)
kabi' ocherk, poema va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi
ustodlarning yorqin xotiralariga bag’ishlangan. Serqirra ijod egasi Zulfiya H. Olimjo ning
«Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida p’esa va opera librettolar ham
yaratdi.
Zulfiya «O’ylar», «Shalola» kabi she’riy majmualari uchun Hamza nomidagi
Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. «Saylanma»lari uchun Ittifoq Davlat
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993