Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
64
SHUHRAT 
(1918) 
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir va nosir, 
dramaturg Shuhrat (G’ulom Alimov) 1918 yili Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ildi. 
O’rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil ko‘rdi (1936-
1940). Ammo Shuhratning hayoti va faoliyati ancha sertashvish va notekis kechdi.
O’sha 1937 yilgi mash’um qatag’onlik shamoli yosh Shuhratni ham chetlab o‘tmadi. 
Unga «Otangiz savdogarlik qilgan ekan. O’zingiz kosibdan chiqmagan ekansiz, xotiningiz 
eskicha, jiyakli lozim bilan atlas ko‘ylak kiyib yuribdi. Bolangiz esa beshikda yotibdi. 
Yaqinda xatna qilar ekansiz, turish-turmushingiz eskicha. Bu narsa she’rlaringizda ham 
aks etib turibdi, deb soyuzdan haydashadi («Yoshlik», 4, 1988, 50-bet). Ikkinchi bor 50-
yillar boshida «Usmon Nosirning propagandisti'' Abdulla Qodiriy bilan Cho‘lpon kitoblarini 
o‘qigan va targ‘ib qilgan»likda ayblanib besh yil «Sibiru Shimoliy Qozog‘istondagi 
qamoqxonalarda o‘tirib» keladi. «Jannat qidirganlar» (1968) romani nashr etilgach, yana 
tashvish ustiga tashvish keladi. Ustozi Abdulla Qahhor tufayli ham bir bor turtki yedi. 
Shularning hammasi uning soglig‘iga putur yetkazdi. 
Shoir Yozuvchilar uyushmasining maslahatxonasida, nashriyotda muharrir bo‘lib 
ishladi. 
O’z ijodini (1935) she’rlar yozish bilan boshlagan Shuhratning «Istak va o‘ch» (1940) 
poemasi bosildi.
1940 yil kuzida harbiy xizmatga chaqirilgan Shuhrat Ulug‘ Vatan urushi janglarida 
ofitser lavozimida dushmanga qarshi mardonavor jang qilish bilan birga qalamini nemis-
fashist bosqinchilariga qarshi qaratdi. Keyinchalik bu davr «Shinelli yillar» romanining 
yaratilishiga asos bo‘ldi. 
Urushdan so‘ng respublika ro‘znoma va oynomalarida adabiy xodim bo‘lib ishlagan 
shoirning sharafli mehnatni madh qiluvchi «Hayot nafasi» (1947), «Qardoshlar» (1950) 
she’riy to‘plamlari kitobxonlarga yangi tortiq bo‘ldi. 
Yosh avlodning axloq-odobi, mehnatsevarligi, vatan mudofaasi qahramonliklarini, 
ozodlik va tinchlik uchun kurashgan ota-bobolarga munosib vorislar bo‘lib yetishishlarini 
iftixor bilan tasvirlovchi «Bizning ko‘cha», «Balog‘at» (1957-1958), «Quduq» (1973) 
asarlari yaratildi. Adibning «Sening sevging» (1961), «Ishqingda yonib» (1964) lirik 
kitoblari, «Kavkaz daftari», «Qiz tabassumi», «Buyuk muhabbat» kabi she’riy 
turkumlari, balladalarida vatan va inson, sevgi va muhabbat, qadr va qimmat, mehnat 
va mehnatsevarlik ulug‘lanadi. 
Hayotiy voqealarni keng ko‘lamda tasvirlash ehtiyoji ijodkorni roman janriga undadi. 
Ulug‘ Vatan urushi frontlarida orttirgan katta hayotiy tajribalari asosida xalqimizning 
jangovar hayoti, qahramonligi, vatanparvarligi, qiyinchiliklarga bardoshliligi, kelajakka 
umid va buyuk g‘alaba haqida hikoya qiluvchi «Shinelli yillar» (1947—1957) asarini 
yaratdi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin