O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
66
HAMID G’ULOM
(1919)
Hamid G’ulom taniqli shoir, lirik yozuvchi,
dramaturg, O’zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan san’at arbobidir. U O’zbekiston xalq yozuvchisi, Respublika va Ittifoq Davlat
mufotlari sovrindori hamdir. H. G’ulom 1919 yilda toshkentlik
muzika muallimi oilasida
tug’ildi. O’rta maktabni bitirgach, O’rta Osiyo industrial iistituti (1935—1937) va Nizomiy
nomidagi Toshkent Pedagogika instituti (1938— 1941) da tahsil oldi.
1954 yilda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiiing yo‘llanmasi bilan Moskvaga, M.
Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutiga o‘qishga boradi. So‘ng «Literaturiaya
gazeta»ning O’zbekistondagi
maxsus muxbiri, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiiing
kotibi (1958—1971) va G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at naglriyotiiing direktori
lavozimlarida ishladi.
Hamid G’ulom adabiyotga o‘ttizinchi yillarning boshlarida «Bizning lager», «Odam»,
«Quyosh kabi charog’on» (1936) she’rlari bilan kirib keldi. Yosh shoirning ijodi o‘zbek
adabiyotining katta vakillari G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda ta’sirida
kamol topdi.
Vatanparvarlik, dushmanga nafrat ruhi ifodalangan “Qasosim bor” (1942), «Katerina»
(1942), «Ukraina yellari» (1943) kabi she’r va balladalarini shoir Ulug’ Vatan urushi
yillarida yaratgan.
Hamid G’ulomning keyinchalik yaratgan «Qo‘shiqlarim» (1949—1956), «Dnepr
bo‘yida» (1949), «G’alaba yo‘lida” (1952—1956) asarlarida
xalqimizning fashizmga
qashshi kurashidagi qahramonliklari tasvirlangan. «Olmos qizi» (1956), «Toshkentliklar»
(1967) asarlari asosan urushdan avvalgi davr o‘zbek paxtakorlarinjn fidokorona
mehnati, urush davridagi front orqasida ko‘rsatgan qahramonliklari va o‘zbek
jangchilarining frontdagi mardliklari va jangovar kurashlarj haqidadir. Ikki kitobdan
iborat bo‘lgan «Mash’al» (1959) romanida Oktyabr tuntarishining dastlabki yillaridagi
o‘zbek xalqining hayoti va qishloq sovetlarining shakllanishi
va ularning dastlabki
faoliyati, kollektiv xo‘jalikning tuzilishi va ma’rifatning yoyilishi kabi hayotiy masalalar
badiiy tahlil etilgan.
Yozuvchining «Senga intilaman» (1963), «Binafsha atri» kabi romanlari Mirzacho‘lda
tashkil etilgan birinchi jamoa xo‘jaligi haqida hikoya qiladi. Hamid G’ulomning o‘zbek
ayolining yangi hayot qurishdagi faoliyatini ulug’lovchi «Toshkentliklar» (1974) romani
Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning «Mangulik» romani
(1981) Ittifoq Davlat mukofotini oldi.
U ocherknavis va publitsist
sifatida yer kurrasi, ro‘y berayotgan voqealar, jahondagi
xalqlarning ozodlik uchun kurashlari, tinchlik va xalqaro do‘stlik
temalarini yorituvchi
«Qit’alar uyg’oq», «Kuba haqida hikoyalar», «Uy», «Xirosima balladalari», «Yevropa
taassurotlari», «Jazoirda tong» kabi asarlar yaratdi. Adibning «Vafoning uzun yo‘li»
nomli bir necha qismdan iborat xotiralar to‘plami ham kitobxon tomonidan qizg’in kutib
olingan. Adib asarlari qirqdan ortiq jahon xalqlari tillarida nashr etilgan. Birgina
«Mangulik» romani xitoy tilida yarim million nusxada chop etilgan. Bu tilda bor-yo‘g’i
Oybekning «Navoiy», O. Yoqubovning «Ulug’bek xazinasi» romanlarigina chop etilgan.