O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
68
SAID AHMAD
(1920)
O’zbek adabiyotining yetak nosirlaridan biri Said Ahmad Husanxo‘jaev 1920 yili
Toshkentning Samarqavd darboza mahallasida ziyoli oylasida dunyoga keldi. Shu yerda
o‘rta maktabni (1939) bitirib, Oliy o‘quv yurtida (1940—1941) ta’lim olgan. Adabiyot
darslari va to‘garaklarida ijodga bo‘lgan havasi ortib, qo‘lga
qalam ushlagan, vaqtli
matbuot uning ijod dorilfununi bo‘lgan. Said Ahmad dastlab «Mushtum» oynomasida,
Radio komitetida (1942—1943), «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasi (1943—1947), «Sharq
yulduzi» oynomasida (1948—1950) va so‘nggi yillarda u O’zbekiston Yozuvchilari
uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limiga boshchilik qiladi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami
«Tortiq» 1940 yilda nashr etiladi.
Urush va urushdan so‘nggi yillarda Said Ahmad ko‘plab fel’eton,
ocherk va hikoyalar
yozdi. «Er yurak» (1942), «Farg’ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949) kabi
to‘plamlar nashr etildi. Ulug’ Vagan urushi davri voqealariga bag’ishlangan «Xazina»,
«Hayqiriq», «Rahmat azizlarim» kabi hikoyalarida avtor urushning dahshatli oqibatlarini
hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug‘laydi.
Adibning hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G’afur G’ulomning
yumori, Abdulla Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassamdir.
Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida
tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma
chiqarishga, voqealarni lirik
ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy priyomlarning xilma-xilligiga erishishga intildi.
«Cho‘l burguti», «O’rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri», «Bo‘ston», «To‘y boshi»
kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek nasrida ham yangilik bo‘ldi, Adib
hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy va pok bo‘lgan zamondoshlarimizdir.
Muallif «Tog‘ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug’ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor
edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratdi.
Said Ahmad hajviy hikoyalarida taraqqiyotjmizga to‘siq bo‘layotgan
yaramas urf-
odatlar ustidan kuladi, yangicha ma’naviy-axloqiy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Aksincha,
o‘zbek psixologiyasiga singmaydigan,
milliylikdan yiroq bevatan, bemillat, yangicha urf-
odatlar, udumlar ustidan ham qahqaha otib kuladi. Uning «Xanka bilan Tanka» «Lampa
shisha» kabi o‘nlab hajviyalari shular jumlasidandir. Said Ahmad kichik hajviy asarlari
bilan o‘zbek radio va televideniyesida quvnoq miniatyuralar teatriga asos solgan.
Said Ahmad hikoyalaridan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o‘tdi. 1949
yilda chop
etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalari shular jumlasidandir.
«Ufq» romanida (1964) Ulug’ Vatan urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining
front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari atroflicha hikoya qilinadi. «Ufq»
trilogiya bo‘lib, yozuvchi unda urushdan oldingi va undan keyingi davr hayotiy
muammolari haqida bahs yuritadi. U o‘zining «Jimjitlik» (1988) romanida esa turg’unlik
davri illatlarini fosh etishga intildi.
Said Ahmad mohir dramaturg sifatida ham tanildi. Uning «Kelinlar qo‘zg’oloni»,
«Kuyov» kabi sahna asarlari shular jumlasidandir.