O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
7
SADRIDDIN AYNIY
(1878—1954)
Tojik sho’ro adabiyotining asoschisi, sho’ro davri o’zbek milliy adabiyotining
shakllapishiga ulkan hissa qo’shgan
atoqli adib, zakovatli olim, donishmand ustod va
fidokor jamoat arbobi Sadriddin Ayniy Buxoro amirligiga qarashli G’ijduvon tumanining
Soktare qishlog’ida 1878 yilning 15 aprelida dunyoga keldi.
Olti yoshidan maktabga
qatnay boshlagan Sadriddin 1890 yilda Buxoroga kelib Mir Arab, Badalbek, Olimxon
madrasalarida ta’lim oldi,
madrasani tugatgach, yangi usul maktablarida muallimlik qildi.
Sadriddin Ayniyning adabiy faoliyati o’tgan asrning 90-yillarida she’rlar yozish bilan
boshlangan bo’lib, uning birinchi asari «Guli surx» («Qizil gul») 1897 yilda yaratilgan
edi. Shundan so’ng maktablar uchun «Tahsib us-sibiyon» («Bolalar tarbiyasi») nomli
o’qish kitobini (1909) tuzib nashr ettirdi.
1917 yil fevral inqilobi ta’siri natijasida O’rta Osiyoning turli
shaharlarida istiqlolchilik
harakatlari boshlanib ketdi. S. Ayniy amirlikka qarshi kurashgani uchun uni zindonga
tashlaydilar. U Oktyabr to’ntarishi yillarida o’zbek va tojik tillarida inqilobiy she’rlar,
marshlar yaratadi. Shoir «Inqilob uchqunlari» (1923) to’plamidagi «Ozodlik qo’shig’i»,
«Oktyabr inqilobi», «Baynalmilal marshi», «Birinchi may» kabi jangovar marshlarida
mehnatkash xalqni kurash va mehnatga, do’stlik va birodarlikka chaqirdi.
Yozuvchi hajviy usulda yozgan «Buxoro jallodlari» (1922)
qissasida amir-
amaldorlarning dahshatli jabr-zulmi, gunohsiz kishilarni o’rta asr qiynoqlari bilan qatl
etishlarini fosh etgan bo’lsa, «Odina» (1927) qissasida mehnatkash xalqning og’ir
qismati va mash’um hayotini jonli tasvirlab berdi.
Ayniyning o’zbek tilida yozgan «Qullar» romani 1934 yilda Toshkentda o’zbek tilida,
1935 yilda Dushanbeda tojik tilida nashr qilindi. «Qullar» romani xalqchil asar bo’lib,
uning bosh qahramoni tarixni harakatga keltiruvchi kuch — xalq va uning sodiq
farzandlaridir. Tarixning ma’lum bir bosqichini qamrab
oluvchi bu roman xalq tarixini,
uning hayotini va kurashini realistik aks ettirgan. Biroq «Qullar» romaniiing so’iggi
beshinchi qismidagi jamoa xo’jaligi qurilishi yillari tasvirida andak tarixdan chetga
chekinish ham yo’q emas. Chunki romanda faqat bu davrning ijobiy tomonlarigina
bo’rttirib ko’rsatilgani holda kollektivlashtirish siyosati tufayli necha o’n minglab begunoh
kishilarning qatag’onlikka uchraganligi haqida lom-mim deyilmaydi. Shu jihatdan S.
Ayniy ma’lum ma’noda tarixiylikdan chekinganligi seziladi.
Ayniyning «Sudxo’rning o’limi» (1937) qissasidagi asosiy
qahramon Qori Ishkamba
jahon adabiyotidagi Plyushkin yoki Gobsek kabi klassik obrazlar bilan bir qatorda
turuvchi yangi obrazdir.
Ulug’ Vatan urushi yillarida Ayniy «Marshi intiqom», «Muqanna qo’zg’oloni», «Temur
Malik» kabi vatanparvarlik ruhidagi ilmiy-badiiy asarlarini ijod qildi. U xalq ijodi
romantikasi va fantaziyasidan, folklor obrazlaridan keng foydalangan holda «Yetti
boshli
dev» asarini yaratdi.
Urushdan keyingi tinch qurilish yillarida yaratgan asarlari orasida to’rt tomlik
«Esdaliklar» (1949-1954) ajralib turadi. Asarning 1951 yilda chon etilgan «Buxoro»
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: