O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
5
ABDULLA AVLONIY
(1878—1934)
Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir, mashhur tarbiyachi
Abdulla Avloniy Toshkentda
kosib oilasida dunyoga kelgan. U eski maktabda ta’lim oldi. U o’z tarjimai holida
yozishicha: «12 yoshimdan O’qchi mahallasidagi madrasada dars o’qiy boshladim, 13
yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o’qir
edim. 14
yoshimdan boshlab, o’sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim.
Bu zamonlarda «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ldim».
Madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug’ullandi. O’qish va o’qitish usuliga isloh
kiritib, yangi tipdagi maktab tashkil etgan yosh pedagog o’quvchilarga zamonaviy
bilimlar berish, sharq va g’arb tillarini o’rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni
amalga oshiradi.
Abdulla Avloniy maktablar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912),
«Tarix», «Turkiy guliston va axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo’lgan
darsliklarni yozgan. 1895 yillardan ijodiy faoliyatini boshlagan Avloniy «Qobil»,
«Shuhrat», «Hijron», «Avloniy», «Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan
she’r, hikoya, fel’eton va kichik hajmli dramatic asarlar (1900—1917) yaratdi. Shoir o’z
she’rlarida
zamonasidagi qoloqlikni, johillikni tandid qilar va kishilarni bilimga, ma’rifatga
chaqirar edi.
Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq vakillarndan yetishib chiqqan yirik
jurnalist sifatida Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U
«Advokatlik osonmi?», «Ikki muhabbat», «To’y», «S’ezd», «Laylo va Majnun», «O’liklar»
kabi dramatik asarlarida jaholat, bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo’pol va
yaramas urf-odatlarni fosh etadi.
Abdulla Avloniy shoir sifatida o’nlab, yuzlab she’rlar bitgan.
Ular xoh eski urf-odatlar
haqida bo’ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida bo’ladimi, hamma-
hammasida inson va tarbiya, axloqiy go’zallik va ma’naviy boylik haqida kuylaydi.
Shuning uchun ham uning she’rlarida xalq didaktikasi bilan yangi zamon pedagogikasi
uyg’unlashib ketadi. Jumladan, «O’z mamlakatimizda» she’rida
maishat uchun pul-
boyljkni isrof etgan, ammo bola tarbiyasi uchun ko’zi qiymagan xasislarni «Ilm uchun
pulni ko’zlari qiymas»ligini qoralaydi. Yoki «Maktab» she’rida:
Maktab misni tillo qilur,
Maktab sizni mullo qilur,—
deyish
orqali maktab inson uchun zulm, nohaqlik, adolatsizlikdan xalos etuvchi, najot
yo’li deb biladi. Ayniqsa, uning «Adabiyot» (1915) kitobi bu jihatdan alohida ajralib
turadi.
Xullas, A. Avloniy yozganidek:
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir.
Avloniy 1913 yilda Yevropa usulidagi «Turon» teatr truppasini tashkil etdi, unda o’z
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: