Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
87
TURG’UN PO’LAT 
(1928-1974) 
Yozuvchi Turg‘un Po‘lat 1928 yilda Namanganda tavallud topgan. U ko‘p vaqt jamoa
davlat xo‘jaliklarida hisobchi, xo‘jalik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Yozuvchi sifatida 50-yillarning boshlarida matbuotda ko‘rina boshlagan. Dastlab shoir 
sifatida «Bizning bobo» (1951); «Buyuk savdo» (1952), «Mangu qo‘ldoshimsan» (1956), 
«Festival qo‘shig‘i» (1959) kabi she’riy asarlari bilan tanildi. Ayni chog‘da «Ayollar 
isyoni» (1967), «Jig‘ildon qori» (1970), «To‘ra hujjat» (1970) kabi hajviy hikoyalari 
yaratildi. So‘pgra uning «Mirrixdan kelgan mehmon» (1973) hajviy hikoyalar to‘plami, 
«Vodiylarni yayov kezganda» (1971) ocherklari, «Ichkuyov» (Qissa va hajviyalar» — 
1979—1986 nashrlari) chop etildi. Shuningdek, Turg‘un Po‘lat publitsist va ocherknavis 
sifatida ham o‘nlab asarlar yaratdi.
Uning «Tabarruk zaminda» (1970), «Xotinboz» (1972), «Yalovbardor» (1986) kabi 
asarlari shu jihatdan muhim edi. Xullas, yozuvchi o‘zinnpg she’r va ocherklarida 
bo‘ladimi, hikoya va qissalarida bo‘ladimi, hayotdagi, odamlardagi nuqsonlar ustidan 
kulib, uni bartaraf etish yo‘lini izlaydi. Ayniqsa, uning «Ichkuyov» (1975) qissasi adibga 
shu jihatdan sharaf keltirdi: shu nomdagi televizion badiiy filmi uchun unga 1979 yili 
vafotidan so‘ng Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
88
AZIZ ABDURAZZOQ 
(1928) 
Aziz Abdurazzoq 1928 yili Toshkentda tavallud topgan. O’rta maktabdan so‘ng 
madaniy-oqartuv bilim yurtida tahsil oladi. So‘ngra Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi 
Adabiyot institutida o‘qiydi.
U ko‘p kasbdoshlari kabi jurnalist sifatida «Yosh leninchi» ro‘znomasi, «Sharq 
yulduzi», «Guliston» kabi oynomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Ayni chog‘da ko‘p yillar 
O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida ishlaydi.
Shoirning ijodi 50-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘ilami 1959 yili 
«Do‘stlarimga» nomi bilan chop etiladi. Shundan so‘ng «Yapa bahor» (1961), «Mavj» 
(1965), «Bodom gulladi» (1965), «Lirika» (1970), «Aziz odamlar» (1975), «Sho‘x 
yomg‘ir» (1977), «Qalb nuri» (1978) kabi to‘plamlari nashr etildi. «Qalb nuri» to‘plamiga 
kirgan ko‘pchilik she’rlar shoirning ellik yilligi yakuni sifatida saylanma tarzida e’lon 
qilingan. U o‘zining «O’roq va xanjar» she’rida yozadi: «Yonmoqdamen, yonmoqdamep, 
bu ayon dir, do‘stim bo‘lsang halal berma, sen ham yondir», — deya yaratishga, 
bunyodkorlikka chorlaydi. Ha, O’zbekiston xalq shoiri Turob To‘la aytganidek, uning har 
bir she’ridan, ya’ni «Aziz she’rlaridan non hidi keladi, o‘zl kezib o‘tgan bog‘lar, dala-
dashtlar hidi keladi». 
Ayni chog‘da~uning bolalar uchun yozilgan «Oh, qanday shirin» (1977), «Qiz va lola» 
(1979), «Tap-tap elak» (1981) kabi o‘nlab asarlari chop bo‘ldi. Ularda beg‘ubor yoshlik 
tuyg‘ulari, sho‘x, kulgili, ba’zan hajviy, kinoya-li tarzda o‘z ifodasini topdi. Kattalar uchun 
yozilgan asarlarida o‘z xalqi milliy xususiyatini ifodalovchi hazil-mutoyiba ba’zan achchiq 
kinoya bilan almashib turadi. Kitobxonga katta zavq-shavq bag‘ishlashdan tashqari uni 
hushyorlikka, shuurga, shijoatga yetaklaydi. So‘nggi yillarda uning «Yostiqdan chiqqan 
ertaklar» (1988), «Bog‘da bitgan ertaklar» (1989), «To‘rt og‘ayni botirlar» to‘plamlari 
(1989) nashr bo‘ldi. 
U tarjimon sifatida M. Lermontov, T. Shevchenko hamda amerikalik mashhur shoir G. 
Longfello asarlarini o‘zbekchalashtirgan. Uning asarlari o‘nlab o‘zga tillarga ham 
o‘girilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin