Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Jamiyat taraqqiyoti va innovatsion boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix29.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish

2.2 Jamiyat taraqqiyoti va innovatsion boshqaruv. 
Mamlakatimizni 
rivjlantirishning 
2017-2021 
yillarga mo‘ljallangan Harakatlar 
Strategiyasida qayd etilganidek, joriy yildagi asosiy vazifalardan biri — izchil yuqori o‗sish 


sur‘atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini 
oshirish eng muhim ustuvor yo‗nalishga aylanishi darkor. Ushbu vazifani amalga oshirishda 
innovatsion faoliyatning o‗ziga xos o‗rni borligini alohida ta‘kidlash mumkin. 
Zero, mutaxassislarning xalqaro miqyosdagi tahlillarga tayanilgan holda ta‘kidlashlaricha, 
mamlakatlarning inqirozdan chiqish vazifalarini hal etish va iqtisodiy rivojlanishning dinamik 
barqarorligini ta‘minlashda birinchi navbatda innovatsiya va innovatsion faoliyat asosiy rol 
o‗ynaydi. CHunki, innovatsiya faoliyatigina ishlab chiqarish bazasini texnik va texnologik 
jihatdan to‗xtovsiz yangilash, zamonaviy texnologiyali korxonalarni tashkil etish, tabiiy 
resurslardan unumli foydalanish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni o‗zlashtirish, jahon 
tovar va xizmatlar bozoriga samarali kirib borish, umuman, iqtisodiyotni yuksaltirishga erishish 
omili hisoblanadi. SHu boisdan mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, 
taraqqiyotning garovi hisoblangan innovatsion faoliyatni shakllantirish va rivojlantirishga 
muhim e‘tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, innovatsion faoliyat uchun zarur huquqiy asoslarni hamda 
shart-sharoitlarni yaratish, davlat tashkilotlari va ishlab chiqaruvchilar bilan novator olimlar 
o‗rtasida samarador hamkorlikni ta‘minlash choralari ko‗rilmoqda. 
2.3 Innovatsiyalarni tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishdagi o„rni. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda o‗rta sinfni shakllantirishda 
mustahkam zamin bo‗lib xizmat qilmoqda. Aynan mazkur sektorni rivojlantirish hisobidan 
mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial va iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor, uni taraqqiyot 
va demokratik tub o‗zgarishlar sari faol harakatlantiruvchi kuch hisoblangan ijtimoiy qatlam 
shikllanmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi 
mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‗nalishlaridan biridir. 
Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur‘atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush 
farovonligini ta‘minlashda etakchi kuchga aylandi.
Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator 
mamlakatlarda yirik korxonalar o‗zlarining ichki bo‗linmalari bajargan avvalgi ko‗p 
funksiyalaridan voz kechish va bu funksiyalarni kichik korxonalarga berish jarayoni 
kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko‗ra yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik 
korxonalar soni o‗sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, 
yangiliklarga hozirjavob, bozordagi talab va uning o‗zgarishiga tez moslashuvchan bo‗lishini 
ta‘minlaydi. SHunga muvofiq, O‗zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan 
riqobatbardoshlik darajasi ko‗tarilishiga imkon beruvchi eng muhim omillardan biri kichik 
korxonalarning bugun bir tarmog‗ini vujudga keltirishga imkon beruvchi qulay shart-sharoitlarni 
yaratishdirki, bunday korxonalar yig‗indisi raqobatli bozor muhitini yaratishga imkon bersin. 
Demak, respublikamiz mintaqalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan 
shug‗ullanuvchi korxonalargaalohidae‘tibor qaratish, bu jarayon yangi innovatsiyalar, 
tashabbuskorlikni talab etishini, shular asosidagina iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash mumkin. 
SHunday ekan, mintaqalardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‗ullanuvchi korxona rahbarlari fan va texnika sohasidagi eng so‗nggi innovatsiyalarni ishlab 
chiqarishga joriy etishga alohida e‘tibor qaratishlari lozim 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin