Innovatsiya iqtisodiyoti fanining vazifasi – bozor ishtirokchilari va unda asosiy o‗rinni
egallovchi
infratuzilmalar rivojlanishi, qonuniyatlari va ularning harakatlari modellarini
optimallashtirishdir. Firma yoki korxonaning marketing izlanishlarida
yoki uning iqtisodiy
strategiyasini belgilashda va amalga oshirishda turli modellardan foydalanish iste‘molchilarning
o‗zgarishlarga bo‗lgan munosabatlarini bashorat qilishga yoki raqobatchilarning aks ta‘sirlari,
xatti-harakatlarini ma‘lum ehtimollik darajasi bilan aniqlashga imkon beradi.
Innovatsiya iqtisodiyoti fanini mukammal o‗rganishning afzalligi yana shu bilan
izohlanadiki, to‗g‗ri qaror qabul qilishda insonlar doimo kerakli va ishonchli nazariy bilimga va
ma‘lumotga ega bo‗lishizarur. Agar ular o‗z bilimlariga ega bo‗lmasa tajriba va xatolaridan kelib
chiqqan, holdao‗ziga qimmatga tushgan usulni qo‗llashi mumkin
yoki boshqalarning tajribasi,
xatolarini o‗rganishi mumkin, lekin, innovatsiya iqtisodiyotidan olgan bilimlariga murojaat qilsa
ularning ishi ancha engillashadi, belgilagan strategiyasi va rejasi aniq bo‗ladi.
1.4. Innovatsiya iqtisodiyoti fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Innovatsiya iqtisodiyoti makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, Innovatsion iqtisodiyot, bozor
iqtisodiyoti asoslari, bozor
infratuzilmasi nazariyasi, makro va mikroiqtisodiyot, chet
mamlakatlar bozori nazariyasi kabi fanlar bilan o‗zaro bog‗langan.
Ushbu fan iqtisodiy o‗sish masalalariga bevosita bog‗liqdir.
Hududiy infratuzilma va
ularning tarkibiy tuzilishlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida infratuzilma
tizimining ahamiyati,
hududiy iqtisodiyot va uning rivojlanishiga infratuzilma tizimining ta‘siri bo‗yicha amaliy va
nazariy tavsiyalar beradi.
Dostları ilə paylaş: