7.4 Innovatsiyaon loyihalarni rejalashtirish.
Innovatsion loyiha portfelini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
1.
Innovatsion loyihalarni dastlabki tanlash.
Bosqichning maqsadi - taqdim etilgan innovatsion loyihalarni umumlashtirilgan tahlildan o‗tkazish
va baholash. Ushbu bosqich quyidagi odimlarni o‗z ichiga oladi:
a)
innovatsiyalarni
amalga
oshirishning
tashkilotning
asosiy
muammolari echimini taklif eta oladigan asosiy yo‗nalishlarini belgilash;
b)
ajratib olingan yo‗nalishlar bo‗yicha ekspertizalar olib borish uchun loyihalarni taqsimlash;
v) ekspertizaning ishchi usulini ishlab chiqish;
g) ekspert
guruhlar
ishini
tashkil
qilish
(NIO
yoki
marketing
bo‗limi
boshqa bo‗linmalardan mutaxassislarni jalb etgan holda);
d)
hisob-kitoblar
va
ekspertizalar
natijalari
bo‗yicha
loyihalarga
dastlabki baho berish;
e)
istiqboli yo‗q loyihalarni chiqarib tashlash.
Mazkur bosqichda loyiha bitta eng muhim mezon (masalan, iqtisodiy samaradorlik mezoni)
bo‗yicha tanlanadi, bunda baholash parametri past bo‗lgan loyihalarni chiqarib tashlashdan iborat oddiy
qoidadan foydalaniladi.
2.
Ustuvor
(boshlang‗ich)
yo‗nalishlar
bo‗yicha
portfelni
shakllantirish.
Bosqichning maqsadi - loyihalarni ustuvorliklar bo‗yicha puxta tahlil qilish va taqsimlash. Bu erda
quyidagi qadamlar ko‗zda tutiladi:
a) innovatsion
loyihalarni
bir
nechta
mezonlar
(3
-
5ta)
bo‗yicha
tahlil
qilish;
b) loyihalarning ustuvorlik darajasini aniqlash;
v) loyihalarni ustuvorlik darajalari bo‗yicha taqsimlash.
Barcha loyihalar tegishli shkala bo‗yicha, masalan, "past", "o‗rtadan past", "o‗rtadan yuqori",
"yuqori" baho bilan baholanadi.
"O‗rtadan yuqori" yoki "yuqori" baho olmagan loyihalar dastlabki tanlov bosqichidayoq chiqarib
tashlanadi va rad etilgan deb hisoblanadi.
Qolgan loyihalar ustuvorlik darajasi (sinfi) bo‗yicha taqsimlanadi:
a) ustuvor loyihalar - bu umumiy samarasi (natijalar/sarf-xarajatlar) 70 - 80 foizdan kam
bo‗lmaydigan loyihalardir;
b) ustuvor
loyihalarning
birinchi
20
-
30
foizi
o‗ta
ustuvor
loyihalar
hisoblanadi.
Loyihalarni ustuvorlik bo‗yicha ranjirovkalash resurslarni loyihalar o‗rtasida taqsimlash uchun
kerak.
3.
Moliyaviy
va
boshqa
resurslarni
innovatsiyalar
portfeli
ichida
taqsimlash.
Bunda "xarajatlar - samaradorlik" sxemasiga asoslangan qaror qabul qilish qoidasidan
foydalaniladi: birinchi navbatda, naqd pul mablag‗lari iqtisodiy samaradorligi maksimal darajaga
(ustuvorlik darajasiga) ega bo‗lgan loyihaga ajratiladi.
Jahon amaliyotida "xarajatlar - samaradorlik"ni tahlil qilish barcha moliyani taqsimlash
mexanizmlari uchun majburiy jarayondir. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ushbu qoidani amaliy
qo‗llash qanchalik oson bo‗lmasin, u quyidagilarga erishish imkonini beradigan loyihalar portfelini
ta‘minlaydi:
- berilgan cheklangan mablag‗lar doirasida maksimal mumkin bo‗lgan samaradorlik;
- talab etilgan natija va samaradorlik darajasiga eng minimal sarf-xarajatlar.
Korxonada shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga
innovatsion mablag‗larning etarli emasligi to‗sqinlik qiladi.
Bunday holda qo‗shimcha investorlarni hamda xususiy moliyaviy mablag‗larni izlab topish yoki
mavjud innovatsion loyihalar portfelini o‗zgartirish zarur bo‗ladi.
4.
Loyihalar
portfelini
aniqlashtirish
-
loyihalarning
bir
qismini
o‗ziga
jalb
qilishi
ko‗proq
loyihalar
foydasiga
hamda
investitsion
mablag‗larning miqdoriga qarab kesib tashlash.
SHunday qilib, innovatsion ishlar portfelini tanlashga tajriba, bilim, sog‗lom idrok, iqtisodiy bilimlar,
xodimlar imkoniyatlari va innovatsiyalarni joriy etish yutuqlari ehtimolligi kutilayotgan natijalar haqida
yaxshi tasavvurga ega bo‗lish, ilmiy xodimlar va bo‗linmalar menejerlari faoliyatini rag‗batlantiruvchi
omillarni tanlay olishni talab qiladigan ancha murakkab muammo sifatida qaralishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |