Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


-Mavzu. Innovatsion tuzilmalarni boshqarish va uning funksiyalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix29.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71261
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish

 
5-Mavzu. Innovatsion tuzilmalarni boshqarish va uning funksiyalari
5.1 Innovatsiyaon tuzilmalar mohiyati va tuzilishi. 
5.2 Innovatsiyaon tuzilmalarning o‗ziga xos xususiyatlari. 
5.3 Innovatsiyaon faoliyatni tashkil etishni ta‘minlovchi omillar. 
5.4 Moliya-sanoat guruxlarining boshqarish. 
5.1 Innovatsiyaon tuzilmalar mohiyati va tuzilishi. 
Ma‘lumki, har qaysi mamlakat iqtisodiyotining rivoji ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan 
chambarchas va uzviy bog‗liq. Sababi, ishlab chiqarishga intellektual salohiyat mahsullari 
bo‗lgan ilmiy hajmdor, yuqori samarali ishlanmalar, ilg‗or innovatsion texnologiyalarni jadal 
tatbiq etmasdan turib, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashning iloji 
yo‗q. SHu boisdan respublikamizda ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish va uning 
yutuqlaridan oqilona foydalanish masalasiga taraqqiyotning ―lokomotivi‖ sifatida qaraladi. 
YArmarkaning ochilish marosimida ta‘kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan ilmiy 
muassasalar, tadqiqotchi-olimlar moddiy va ma‘naviy jihatdan qo‗llab-quvvatlanayotgani 
natijasida mamlakatimizning ilmiy salohiyati tobora yuksalib bormoqda. Uning yutuqlari 
ijtimoiy-iqtisodiy sohalar istiqboliga, shu bilan birga, tizimdagi dolzarb masalalar echimiga 
xizmat qilayapti. 
Darhaqiqat, xo‗jalik shartnomalari asosida tadqiqotlar bilan shug‗ullanayotgan ilmiy 
muassasalarga soliq imtiyozlari berilgani, davlat korxonalarida innovatsiya markazlari va 


jamg‗armalari tashkil etilgani ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada jadallashtirib 
yubordi. 
5.2 Innovatsiyaon tuzilmalarning o„ziga xos xususiyatlari. 
Hozirgi kunda innovatsion infratuzilma tarkibini belgilash, mazkur tizimga kiruvchi 
unsurlarni ko‗rsatib berishda ma‘lum nomuvofiqliklar mavjud. Jumladan, bir qator iqtisodchi 
olimlar tomonidan innovatsion infratuzilma aloqalarini o‗rnatishga va samarali yuritishga 
xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmui sifatida qarab, uni besh bo‗g‗inga 
ajratadilar: 
1. ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi innovatsion infratuzilma (transport, aloqa, ombor 
xo‗jaligi, yo‗l xo‗jaligi, suv va energetika kabilar) 
2. tovarlar va xizmatlar muomalasiga, ya‘ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi 
innovatsion infratuzilma (birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama 
firmalari va agentliklari, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat etuvchi muassasalari) 
3. moliya - kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi innovatsion infratuzilma (tijorat 
banklari, o‗z-o‗zini kreditlash idoralari, sug‗urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq 
undirish mahkamalari, har xil pul fondlari) 
4. aholiga xizmat qiluvchi yoki sotsial innovatsion infratuzilma (uy-joy, kommunal va 
transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sog‗liqni saqlash muassasalari, aholini ishga 
joylashtirish firmalari va idoralari) 
5. axborot xizmati ( iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‗lgan har xil axborotlar – ma‘lumotlar 
va xabarlarni to‗plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‗ullanuvchi turli kompaniyalar, 
firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari).5 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin