Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


YAngilikni yaratilishi va uning xarakteristikasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/24
tarix29.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71261
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish

3.4 YAngilikni yaratilishi va uning xarakteristikasi. 
O‗zbekiston Respublikasi qonuni ―Innovatsiyalar va innovatsiya faoliyati‖ to‗g‗risida 
umumiy qoidalar: 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi innovatsiyalarni ishlab chiqish va yaratish hamda innovatsiya 
faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
2-modda. Innovatsiyalar va innovatsiya faoliyati to‗g‗risida qonun hujjatlari 
Innovatsiyalar va innovatsiya faoliyati to‗g‗risidagi qonun xujjatlari ushbu Qonun va
boshqa qonun hujjatlaridan iborat. 
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida O‗zbekiston Respublikasining 
innovatsiyalar va innovatsiya faoliyati to‗g‗risidagi qonunchiligida ko‗zda tutilgandan boshqa 
qoidalar belgilangan hollarda xalqaro shartnomalarning qoidalari qo‗llaniladi. 
3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‗llaniladi: 
innovatsiyalar – yangi yoki avvalgi holatiga nisbatan takomillashtirilgan mahsulot (tovar,
ish, xizmat va b.) turi, ishlab chikarish jarayoni, biznesni yuritishda tashkiliy uslub, ishchi 
o‗rinlarni tashkil qilish va (yoki) boshqa foydali natijaga erishish shaklida mujassamlashgan 
ilmiy-tadqiqot va/yoki tajriba-konstruktorlik va (yoki) texnologik ishlarning natijasi; 
innovatsiya faoliyati – ilmiy-tadqiqot va (yoki) tajriba-konstruktorlik va/yoki texnologik 
ishlarni yaratish, ulardan foydalanish va ularning natijalarini tijoratlashtirish, shuningdek 
innovatsiya infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatini ta‘minlashga yo‗naltirilgan ilmiy,
texnologik, tashkiliy, moliyaviy harakatlar majmuidan iborat faoliyat; 
innovatsiya loyihasi – innovatsiyalarni yaratish, shu jumladan, ularni tijoratlashtirishga 
yo‗naltirilgan tadbirlar majmuasi; 
innovatsiya dasturi – innovatsiya mahsulotini ishlab chiqarish va samarali o‗zlashtirishni 
ta‘minlaydigan, ularni amalga oshirish muddatlari, resurslari, ijrochilari, moliyalashtirish 
hajmlari va manbalari bo‗yicha muvofiqlashtirilgan, innovatsiya loyihalari majmuasii; 
innovatsiya tavakkalchiligi – tashkilot tomonidan ishlab chiqarishga sarflangan mablag‗ni,
innovatsiyalarni bozorda kutilayotgan talabga ega bo‗lmaganligi va (yoki) kutilayotgan 
samarani keltirmaganligi sababli paydo bo‗ladigan yo‗qotishlar ehtimoli; 
innovatsiya ilmiy-texnika ishi – yangi yoki takomillashtirilgan materiallar, mexanizmlar,
mahsulotlar, texnologiyalar, tizimlar va xizmatlarni rejalashtirish yoki loyihalashtirishga 
yo‗naltirilgan ilmiy- tadqiqot va/yoki tajriba-konstruktorlik va/yoki texnologik ishlar natijalarini 
ishlab chiqarishda qo‗llash yoki tijorat maqsadlarida foydalanish boshlangunga qadar bo‗lgan 
faoliyat; 
innovatsiya markazlari – innovatsiyalarni tezkor ilgari surish va istiqbolli texnologiyalarni 
o‗zlashtirish maqsadida ilmiy markazlar va/yoki ilmiy-tadqiqot va oliy o‗quv muassasalari 
negizida, hamda idoralar va joylardagi davlat idoralari organlari qoshida, sanoat korxonalari 
va/yoki moliyaviy institutlar (investorlar)ning ishtirokida tuziladigan tashkilotlar; 
venchur fondi – tavakkalchilik darajasi yuqori, oldindan daromad yoki ziyon ko‗rilishi 
aniq ma‘lum bo‗lmagan innovatsiya loyihalari va dasturlarini moliyalashtirish va amalga 
oshirish, shuningdek inovatsiyalarni joriy qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy, konsalting,
injiniring va huquqiy qo‗llab-quvvatlovchi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tashkil 
etiladigan maxsus moliyaviy fond; 
innovatsiya fondi – qonun hujjatlarida ko‗rsatilgan shaklda, ilmiy-tadqiqot va/yoki 
tajriba-konstruktorlik va/yoki texnologik ishlar, innovatsiya loyihalari va dasturlarini 


moliyalashtirish uchun davlat organlari va/yoki xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan
tuziladigan moliyaviy fond; 
innovatsiya faoliyati natijasini tijoratlashtirish – ilmiy-tadqiqot va/yoki tajriba-
konstruktorlik va/yoki texnologik ishlar natijalarini fuqarolik muomalasiga jalb etish bo‗yicha 
faoliyat; 
ilmiy-tadqiqot ishlari – yangi bilimlarni egallash va/yoki ularni to‗plash va qo‗llashga 
qaratilgan har qanday ijodiy va tizimli faoliyat; 
ilmiy va/yoki ilmiy-texnik axborot – ilmiy bilimlar, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, tajriba-
konstruktorlik, texnologik, innovatsiya va boshqa ishlar to‗g‗risida, ilmiy, ilmiy-tadqiqot 
va/yoki innovatsiya faoliyati natijalarining har qanday moddiy, elektron va boshqa axborot 
tashuvchilarida qayd etilgan hisobotlari va boshqa hujjatlarning yig‗indisi; 
tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar – texnologik, muhandislik, iqtisodiy, ijtimoiy, 
gumanitar va boshqa muammolarini hal qilish uchun yangi ilmiy bilimlarni qo‗llashga, fan,
texnika va ishlab chiqarishning faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlashga yo‗naltirilgan faoliyat; 
texnologik park (texnopark) – ilmiy, loyihalash-konstruktorlik tashkilotlari, ta‘lim 
muassasalari, ishlab chiqarish tashkilotlari yoki ularning ilmiy-texnika va innovatsiya sohasida 
tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay bo‗lgan sharoitlarning shakllanishini amalga oshirayotgan 
bo‗linmalarining birlashmasi ko‗rinishidagi fan, ta‘lim va ishlab chiqarishning hududiy 
integratsiyasi sifatidagi innovatsion infratuzilma sub‘ekti; 
intellektual mulk ob‘ektlari va texnologiyalar transferi (uzatish va ilgari surish) – 
intellektual mulk ob‘ektlari va texnologiyalarni va/yoki boshqa innovatsiya mahsulotlariini 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga sinash va/yoki ularni ishlab chiqarishni o‗zlashtirish va/yoki 
sotish uchun uzatish jarayoni. va boshqalar. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin