zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini o‗rganish,
shu asosda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning har yilgi va o‗rta
muddatli dasturlarini shakllantirish;
mahalliy amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar jamlamasini
shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish;
amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini korxona faoliyati amaliyotiga tatbiq
etish.
Mazkur tarkibiy tuzilmalar faoliyatiga tatbiq etilgan loyihalar va ishlanmalar soni,
shuningdek ulardan olingan iqtisodiy samaraga qarab baho berilsin.
6. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‗mitasi bilan birgalikda
bir oy muddatda Xo‗jalik boshqaruvi organlari va korxonalarning modernizatsiya va yangi
texnologiyalar jamg‗armasi to‗g‗risidagi
nizomni
belgilangan tartibda ishlab chiqsin va
tasdiqlasin.
7. Belgilansinki, modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‗armasiga yo‗naltiriladigan
mablag‗lar xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan ilmiy amaliy tadqiqotlarni, innovatsion
loyihalarni, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini hamda ularni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq
etishni moliyalashtirishda foydalaniladi.
8. 2014 yilning 1 yanvarigacha bo‗lgan davrda o‗quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari
hamda tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan
tuzilgan shartnomalar bo‗yicha amalga oshiriladigan amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini bajarish qismida daromad solig‗i, yagona soliq to‗lovi, qo‗shilgan qiymat
solig‗i va davlatning maqsadli jamg‗armalariga majburiy to‗lovlar (yagona ijtimoiy to‗lovdan
tashqari) to‗lashdan ozod etilsin.
9. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini qayta jihozlash va to‗liq jihozlash uchun
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan ro‗yxatlar bo‗yicha modernizatsiya
qilish doirasida olib kelinadigan uskunalar bojxona to‗lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi
yig‗imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Dostları ilə paylaş: