Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Innovatsiyaon faoliyatni tashkil etishni ta‟minlovchi omillar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix29.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71261
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish

5.3 Innovatsiyaon faoliyatni tashkil etishni ta‟minlovchi omillar. 
Ishlab chiqarish innovatsion infratuzilmasi tarkibiga transport, elektr energiyasi uzatish 
liniyalari, suv ta‘minoti va kanalizatsiya tizimi, aloqa, moddiy texnika ta‘minoti, tayyorlov va 
ombor, maxsus xizmat va bo‗limlar, texnik ta‘mirlash kabilar kiradi.
Ishlab chiqarish innovatsion infratuzilmasi tarkiban moddiy ne‘matlar ishlab chiqaruvchi 
tarmoq va korxonalarga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste‘molchiga etkazishni tayyorlash, 
saqlash, o‗rash, qadoqlash yoki joylashtirish, tovar joylanadigan yoki o‗raladigan idishlar bilan 
ta‘minlash, tashish, ta‘mirlash hamda sotish kabi xizmatlar ko‗rsatuvchi, ularning to‗xtovsiz va 
samarali faoliyat yuritishni ta‘minlovchi tashkilot va korxonalar majmuini tashkil etadi. 
5.4 Moliya-sanoat guruxlarining boshqarish. 
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va 
modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga 
oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‗ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa 
tahdidlarning salbiy ta‘siridan himoya qiladigan kuchli to‗siq, aytish mumkinki, mustahkam va 
ishonchli himoya vositasini yaratdi. 
SHuni takror aytish joizki, integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi 
sifatida O‗zbekiston jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan salbiy oqibatlarini 
his etayotgani va bundan keyin ham his etishini biz o‗zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. SHundan 
kelib chiqqan holda, biz iqtisodiyotimizdagi real ahvol va sharoitlarni hisobga olib, 2008 yilning 
ikkinchi yarmidayoq Inqirozga qarshi choralar dasturini ishlab chiqishga kirishgan edik. 
Hozirgi kunda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish 
bo‗yicha Inqirozga qarshi choralar dasturi tasdiqlanib, tarmoqlar va hududlar bo‗yicha aniq 
ijrochilarga etkazildi. Bunda infratuzilma sohalarini rivojlantirishga alohida e‘tibo qaratilgan. 
CHunki, infratuzilmani rivojlantirish orqali real sektor korxonalarini qo‗llab-quvvatlash, 
ularning faoliyatini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.
5 Ўлмасов А., Шарифхўжаев М. Иқтисодиёт назарияси. Т.,2000, 189-190 б. 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin