a)
investitsion
loyihalar,
masalan,
yangi
sanoat
ob‘ektlari
qurilishiga
(energetika,
transport,
aloqa
va
h.k.)
yirik
kapital
qo‗yilmalar;
b)
ilmiy-texnik
(innovatsion)
-
ilg‗or
texnologiyalar,
yangiliklar,
mahsulotlar va xizmatlar.
Ushbu ikki xil loyiha o‗rtasida muhim farqlar mavjud:
1. Sanoat ob‘ektlariga kapital qo‗yilmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborot,
hattoki eng oddiy
ilmiy-texnik loyihalarga qaraganda, ayniqsa,
ularning erta bosqichlarida, ishonchliroqdir;
2. Innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavhumlikning yuqori darajasiga ega ekanligi bilan farq
qilib,
ular shunday afzallikka egaki, ular ishlanmaning erta bosqichidayoq katta bo‗lmagan moliyaviy
yo‗qotishlar bilan to‗xtatib qo‗yilishi mumkin;
3.
Ilmiy-texnik loyihalarda axborot
investitsiyaviy loyihalarga
qaraganda ko‗proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi. Bu esa
mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo‗yicha fikrlarini korrelyasiyalashni nihoyatda
qiyinlashtiradi;
4. Innovatsion loyihalar ko‗p mezonliligi va yuqori darajali mavhumliligi bilangina farq qilmasdan,
balki sifatli baholash bo‗yicha ham farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: