Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Innovatsiyaon loyihalar boshqarishing maqsadli va dasturli usullari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/24
tarix29.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71261
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish

7.3 Innovatsiyaon loyihalar boshqarishing maqsadli va dasturli usullari. 
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy innovatsion loyihalar, odatda, katta 
investitsiyalarni talab qilishini, ular esa doim ham bo‗lavermasligini hisobga olish zarur. SHuning uchun 
investitsiyalar haqidagi masala ancha qiyin hal etiladigan muammodir, chunki mazkur loyihaning 
zarurligini, foydaliligini va samaraliligini isbotlash kerak bo‗ladi. Bu holatda asosiysi moliyalashtirish 
manbaini tanlash, uning hajmini, vaqt bo‗yicha to‗lovlar darajasi va hokazodir. Bu holatda investor o‗ziga 
loyihaning mohiyatini tushuntirib berish, hamkorlik qanday afzallik berishini, va eng asosiysi, ular 
oladigan eng minimal va eng yuqori foyda miqdorini namoyish qilish talab etiladi. Ushbu 
ko‗rsatkichlarning hammasini investorlarni kapital ajratishga ishontirish uchun tegishli tarzda 
rasmiylashtirish kerak. 
Innovatsion loyiha etarlicha batafsil tuzilishi kerak, chunki bo‗lajak investor loyiha bilan 
tanishganda mo‗ljallanayotgan dastur haqida to‗liq tasavvurga ega bo‗lishi va uning maqsadlarini 
tushunishi lozim. Innovatsion loyihani qay darajada detallashtirish va uning tarkibi bo‗lajak dastur va u 
tegishli soha hajmlariga bog‗liq. Masalan, qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish yoki innovatsion 
texnologiyani joriy etishni yo‗lga qo‗yish ko‗zda tutilayotgan bo‗lsa, juda batafsil reja ishlab chiqilishi 
lozim, uning qanchalik batafsilligi innovatsion dasturning yakuniy mahsuloti murakkabligiga va mazkur 
mahsulot bozorining murakkabligiga bog‗liq. Innovatsion loyihaning tarkibi, shuningdek, 
taxminlanayotgan sotuv bozori ko‗lamiga, raqobatchilarning bor-yo‗qligiga va dastur natijalaridan 
foydalanish istiqbollariga bog‗liq. Innovatsion loyihaning asosiy bo‗limlari quyidagilar (variant): 


1. 
Umumiy obzor (taklif etilayotgan innovatsion loyihaning maqsadi va mohiyati, taklif 
etilayotgan innovatsiyaning turi, loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan haqiqiy foyda hamda loyihani 
amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlar miqdori va turlari). 
2. Tovarlar yoki xizmatlar tavsifi (taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar bayoni, ulardan 
foydalanish sohasi, yangiligi va patent bilan himoyalanganligi, dizaynning o‗ziga xosligi, tovarlar va 
xizmatlarning asosiy texnik-iqtisodiy va iste‘mol tavsiflari, ularning rasmdagi tasviri, tovarlar va 
xizmatlar afzalliklari, sertifikatlash va h.k.). 
3. Tovarlar va xizmatlarni sotish bozorlari (sotuv bozori turi, istiqbolli bozorlar, ularning 
joylashuvi va tavsifi, bu bozorlarda firmaning bashoratlanayotgan ulushlari, salohiyatli iste‘molchilar 
tavsifi, yangi tovarlar va xizmatlarga talabni belgilovchi omillar, sotuvlarning salohiyatli hajmlari va 
hokazolar). 
4. Tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligi (raqobatchi firmalarning qisqacha tavsifi, yangi tovar 
yoki xizmatning raqobatchi firmadagi o‗xshash tovar yoki xizmatga nisbatan raqobat afzalliklari, firma 
tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini himoya qilish uchun qo‗llaydigan raqobat strategiyalari va 
hokazolar). 
5. Marketing rejasi (amalga oshirilayotgan loyihaning marketing maqsadlari va strategiyasi, 
loyihani amalga oshirish natijasida firma taklif qiladigan tovarlar va xizmatlarni ilgari surish hamda sotish 
strategiyasi, tovar yoki xizmatni sotishni rag‗batlantirish usullari, mijozlarga sotishdan keyin xizmat 
ko‗rsatishni tashkil qilish, taklif etiladigan tovarlar yoki xizmatlar haqida ijtimoiy fikrni shakllantirish, 
marketing byudjeti va h.k.). 
6. Ishlab chiqarish rejasi (yangi tovarlar ishlab chiqarishni bozorga, ta‘minotchilarga, ishchi 
kuchiga, transport yo‗llari va h.k.larga nisbatan joylashuvi, ishlab chiqarish maydonlari, quvvatlari va 
ularni kengaytirish imkoniyatlari, moddiy-texnik, insoniy va boshqa resurslar manbalari va ularga ehtiyoj, 
ulardan foydalanish imkoni, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash imkoniyatlari, ishlab chiqarish hajmlari 
va xarajatlari, qo‗llanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish va tovarni ishlab 
chiqarishni kengaytirish muddatlari, ishlab chiqarishning ekologikligi va h.k.). 
7. Tashkiliy reja (tashkiliy tuzilma, xodimlarga, mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyoj, ularni mehnatga 
jalb qilish shakllari, kasblar bo‗yicha ish haqining zaruriy darajasi, mehnatni rag‗batlantirish tizimi, 
xodimlarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi, loyihani amalga oshirishga 
boshchilik qilayotgan ma‘muriy-boshqaruv xodimlar haqidagi ma‘lumotlar va h.k.). 
8. Loyihaning yuridik ta‘minoti (firmaning tashkil qilingan va ro‗yxatdan o‗tkazilgan sanasi, kim 
tomonidan va qaerda ro‗yxatga olingan, yuridik manzili, faoliyati turi va amalga oshirilayotgan 
operatsiyalar xarakteri, mulkchilik shakli, kapital mansubligi, firmaning nufuzli aksiyadorlari, paychilari, 
mazkur faoliyat turi uchun litsenziya, mazkur faoliyat turlari bo‗yicha boshqa tashkilotlar bilan 
shartnomalar va kelishuvlar). 
9. 
Iqtisodiy 
tavakkalchilik. 
Sug‗urtalash 
(tavakkalliklar 
guruhlari 
ro‗yxati, ular manbalari va vujudga kelishi ehtimoli yuqori bo‗lgan davrlar, loyihaning iqtisodiy 
qaltisligiga baho berish, tavakkalliklardan sug‗urtalash dasturi, sug‗urta polislari nusxalari va h.k.). 
10. 
Moliyalashtirish 
strategiyasi 
(loyihani 
amalga 
oshirish 
uchun 
moliyaviy mablag‗lar va ularning manbalari, kredit va aksiyadorlik kapitali ko‗rinishidagi mablag‗lar 
ulushi, 
kredit 
olish 
shartlari, 
moliyaviy 
mablag‗larni 
kiritishning 
iqtisodiy 
rentabelligi, 
loyihaga 
kiritilgan 
mablag‗larni 
qaytarish 
muddatlari, 
kutilmagan 
xarajatlarni 
qoplashga 
mo‗ljallangan moliyaviy mablag‗lar zaxirasi va h.k.); 


11. 
Moliyaviy reja (loyihani amalga oshirish natijasidagi tovarlar va xizmatlarni sotish hajmlari, 
loyihani amalga oshirish uchun yillar bo‗yicha kapital xarajatlari va ular qamraydigan xususiy 
mablag‗lari, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda 
sotish bo‗yicha joriy daromadlar va xarajatlar balansi va h.k.). 
Keyin ilovalar (dastlabki ma‘lumotlar olingan hujjatlar, shartnomalar, litsenziyalar va h.k. 
nusxalari) keladi va xulosa beriladi. 
Tuzib chiqilgan innovatsion loyiha firma uchun innovatsion faoliyatning istiqbolli yo‗nalishini aks 
ettirib va ko‗rsatibgina qolmasdan, balki ushbu loyihaga pul ajratish kerakmi-yo‗qmi? bu loyiha qanday 
daromad keltiradi, hamma xarajatlar va unga ketgan kuch o‗zini qachon oqlaydi? kabi savollarga ham 
javob berishi lozim. 
SHunday qilib, innovatsion loyihani ishlab chiqish yo‗nalishini tanlash va uni asoslash firmaning 
muhim strategik vazifalaridan biri bo‗lib, u yoki bu yangilikni joriy etish qanday foyda keltirishini, 
shuningdek, firmaning samarali faoliyatining eng asosiy mezoni bo‗lib nima xizmat qilishini isbotlab 
berishi lozim. 
Innovatsion loyihalarni puxta hamda har tomonlama tahlil qilish va tanlash portfel tarkibini 
maqbullashtirish imkonini beradi. Echimni ishlab chiqish uchun yagona algoritm yo‗q. Har bir alohida 
holda o‗zining mezonlar guruhi ustunlik qilishi mumkin. SHundan kelib chiqib, innovatsion loyihalarni 
tahlil qilish tizimi qo‗llanilayotgan usullarning ko‗pligi bilan ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va 
texnik-iqtisodiy tahlil usullari, matematik-statistik modellari, ekspert baholari tizimi, ilmiy-texnik daraja 
va mahsulot sifati tahlili usuli. 
Ta‘kidlash joizki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlash turli texnik echimlar hamda 
moliyaviy-iqtisodiy omillarni hisobga olib yangilik hayotiy siklining barcha bosqichlarida xarajatlarni 
bashoratlash imkonini beradigan usullar va uslublar jamlanmasi asosida olib boriladi. Har qanday loyiha 
(dastur) quyidagi holatlardan ko‗rilishi mumkin: 
a) 
texnik, bunda texnik-texnologik alternativlar; dasturning miqdori (ko‗lami, hajmi); uni amalga 
oshirish muddatlari, moliyaviy, mehnat va moddiy-texnik manbalarning ochiqligi va etarliligi; dastur 
natijalarini amalga oshirish uchun bozor sig‗imi; kutilmagan omillarni hisobga olgan holda dasturga sarf-
xarajatlar; dastur bo‗yicha ishlarni bajarish jadvali o‗rganiladi va tahlil qilinadi; 
b) 
kommersiya, 

marketingni, 
resurslar 
manbalari 
va 
ularni 
olish 
shartlari, dastur bo‗yicha ishlarni bajarish shartlari va natijalarni amalga oshirishni tahlil qilishni ko‗zda 
tutadi; 
v) 
ekologik, u loyihani tahil qilishda alohida o‗ringa ega, chunki inson faoliyati bilan atrof-muhit 
o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar etarlicha o‗rganilmagan. 
Innovatsion loyihani ekologik tahlil qilish vazifasi - atrof-muhitga etkazilishi mumkin bo‗lgan 
zararni aniqlash va uni kamaytirish yoki oldini olish choralarini belgilash; 
g) 
tashkiliy tahlil, uning maqsadi - loyihani amalga oshirish doirasida tashkiliy, huquqiy va 
ma‘muriy vaziyatga baho berish hamda ushbu faoliyat sohasida zarur tavsiyalarni ishlab chiqish. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin