bog‗langan
ko‗p
maqsadli
kompleks
dasturlar
bo‗lib,
markazlashtirilgan
moliyalashtirishni hamda muvofiqlashtirish markazidan boshqarilishini talab qiladi. Megaloyihalar
asosida tarmoqni texnik qayta qurollantirish, mintaqaviy va federal
konversiya hamda ekologiya
muammolarini hal etish, mahalliy mahsulotlar va texnologiyalar raqobatbardoshligini oshirish kabi
innovatsion maqsadlarga erishish mumkin.
Megaloyihalarni shakllantirish va amalga oshirish bir qator tarmoqlar,
mintaqalar, moliya-sanoat
guruhlari va yirik korporatsiyalar, mamlakatlar guruhlari sa‘y-harakatlarini birlashtirishni talab etishi
mumkin.
Bajarilayotgan ishlar hajmlari va davomiyligiga qarab loyihalar:
- qisqa muddatli (1 yilgacha);
- o‗rta muddatli (5 yilgacha);
- uzoq muddatli (5 yildan ortiq) bo‗lishi mumkin.
Loyiha bosqichlari va pog‗onalari tarkibi uning tarmoq va funksional
mansubligiga qarab
belgilanadi.
"Loyiha" tushunchasi bilan bir qatorda, "innovatsion dastur" degan tushuncha ham mavjud. Bu
tushunchalar o‗zaro chambarchas bog‗langan. Dastur - bu loyiha shakllaridan biri, dasturlash esa
(dasturni shakllantirish) - loyihalar hayot sikli bosqichlaridan biri bo‗lsa-da,
ularning xususiyatlari
anchagina farqlanadi, dastur qo‗shimcha qator yangi xususiyatlarni orttiradi.
Innovatsion dastur loyihalarning (multiloyiha va megaloyihalar) murakkab kombinatsiyasi bo‗lib,
boshqaruv ob‘ekti sifatida alohida loyihadan yoki o‗zaro bir-biri bilan juda zaif bog‗langan, tashkilot yoki
uning ijrochilari tomonidan bajariladigan loyihalardan juda kuchli farq qiladi. Dasturni faqat yirik
tashkilotlar birlashmasi, masalan, FPG (moliyaviy sanot guruhlari), yirik korporatsiyalar konsorsiumi,
mintaqa
yoki megapolis, federal organlar va h.k.lar shakllantirishi va amalga oshirishi mumkin.
Innovatsion dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishga ko‗plab misollar mavjud.
Dostları ilə paylaş: