ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 515 www.ares.uz YOsh avlodni har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat
ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ob’ektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning
eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh
avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogikva psixologik ta’sir ko‘rsatishdir.
Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o‘z
ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisi bo‘lib, u yosh avlodning insoniyat
to‘plagan bilimlar, ko‘nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro‘y
beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy
rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni
yaratishni o‘z ichiga oladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ta’lim-tarbiya ishlarining takomillashib borishida SHarq va G‘arbning
qomusiy olim va pedagoglarining o‘rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur
allomalar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat,
Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar o‘zlarining qator asarlarida
ta’lim-tarbiyaga kata e’tibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy o‘zining «Fozil
shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali' insonga beriladigan 12 fazilatni
sharhlab beradi.
Abdulla Avloniy esa tarbiya haqida g‘oyat ibratli fikrlarni bildiradi.
«Pedagogika — Abdulla Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani,
demakdir ». «Dars ila tarbiya ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi—biluvchi,
tarbiya oluvchi—amal qiluvchidir». Bu erda pedagogika faniga qisqa va lo‘nda ta’rif
berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga o‘xshatib, ularni bir-biridan ajratib
tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha,
tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur. Bolaga avvalo, kichik yoshdan boshlab,
ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shug‘ullanadi, chunki
bunda inson taqdiri hal etiladi deydi.
Bu sohada Sharq va G‘arb xalqlari yaratgan og‘zaki ijodiyot, buyuk
mutafakkir, pedagog va olimlarning
ta’lim-tarbiyaga doyr ilg‘or fikrlarini o‘rganib, tahlil qilib, barkamol insonni
tarbiyalash jarayonini o‘rganish biz uchun juda qimmatlidir:
— ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar
bog‘chalari amaliy hayoti bilan bog‘lab, bo‘lajak tarbiyachi — o‘qituvchilarga
o‘rgatish