ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 520 www.ares.uz tizimlashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi
sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, maktabda
muvaffaqiyatli o‘qishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Hayot ta’limning ikki
xil yo‘l bilan amalga oshirilishini taqozo etmokda.
Birinchi yo‘l — bolalarning bilim, malaka ko‘nikmalarini kattalar bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu
kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu yo‘l bilan egallagan bilim va malakalar bolaga
hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat yaratmaydi.
Ta’limning ikkinchi yo‘li — maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus
o‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan rejali
ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh
avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida
faol qatnashish uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Barcha olimu fozillar, shoiru yozuvchilar o‘z davrining nufuzli ta’lim
maskanlarida o‘qish bilan hurmat- e’tibor topganlar. Abu Nasr Forobiy, Mahmud
Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher
Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rudakiy, Abu Saidrasul Aziziy, Muhammad SHarif
So‘fizoda, Abdulqodir SHokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalar mukammal ilm
egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar
yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi pedagogikada ilk bor
chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592—1670) tomonidan yaratilgan.
Ya.A. Komenskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish
mumkinligini ko‘rsatib berdi. YA.A. Komenskiy 19 bo‘limdan iborat maktabgacha
ta’lim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, er, havo, olov, yomg‘ir,
qor, muz, tosh, o‘t, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astrnomiya,
geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab
berdi. Bolalar bog‘chasida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan bilimlari
bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U o‘zining «Onalar maktabi»
kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturi hamda metodikasini juda
sinchiklab ishlab chiqqan.
Shu bilan Ya.A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil
fan sifatida shakllanishiga asos soddi. SHveysar pedagogi I.G. Pestalotssi (1746—
1827) maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi