Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 394,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix30.11.2022
ölçüsü394,54 Kb.
#71364
1   2   3   4   5   6   7   8   9
maktabgacha-tarbiya-yoshidagi-bolalarni-maktabga-tayyorlashda-aqliy-tarbiyaning-roli

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 519 www.ares.uz 
Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar 
shaklidagi turli fanlarning mazmuni tashkil etadi. 
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalarda voqea va hodisalarni to‘la aks ettiradigan yuksak 
darajadagi umumlashtirilgan bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bilim 
dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak-atrofdagi narsalar, 
ularning vazifasi sifati va xossalari (sinadi, pachoq bo‘ladi, yirtiladi, to‘kiladi) 
haqida, qaysi materialdan tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. U 
tabiat hodisalari, ularning o‘zaro bog‘liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining o‘ziga 
xos belgilari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, hayvonlar, ularning hayoti va yashash 
tarzining tashkil qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va h.k.) ni bilib 
oladilar. 
Jonsiz tabiat, o‘simliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida 
tarbiyachi bolalarda borliq to‘g‘risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib 
boradi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi. 
Bola san’atning har xil turlari to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi. 
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi. Aqliy faoliyatni 
rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bog‘liq. Aqliy faoliyatni ivojlantirish esa 
psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va nutqni 
shakllantirishni ham bildiradi. Bunda ularga aqliy faoliyatning g‘oyat samaradorligini 
ta’minlaydigan his-tuyg‘ular nozikligi va aniqligi, idrok etishning sobitqadamligi va 
to‘laqonli, esda qolishning mustahkamligi hamda ongligi, tafakkur mantiqi va uning 
moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillikka xos bo‘lishi kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o‘zlariga tushunarli bo‘lgan ijtimoiy 
voqea va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda 
yashaydigan ba’zi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz 
ijtimoiy hayotiga qiziqish uyg‘otish, Vatanga muhabbat tuyg‘usi va baynalmilalchilik 
asoslarini shakllantirishga yordam beradi. 
Aqliy ta’lim — maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini 
muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi dasturida 
belgilangan eng oddiy bilimlar tizimi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni 
shakllantirishdan iborat. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda ta’lim etakchi 
rol o‘ynaydi. CHunki ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal 
etiladi. Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va 



Yüklə 394,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin