ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 516 www.ares.uz hamda xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib, bo‘lajak
tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish;
— maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har
tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish.
Bunday vazifalarda tadqiq etish:
— birinchidan, bolalar sog‘lig‘ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy
rivojlanishini ta’minlaydi;
— ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojl antiradi;
— uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o‘lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni,
o‘rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va
intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;
— to‘rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi.
Demak, bilish jarayonida esa bolaning ongi, his-tuyg‘ulari shakllanadi. Eng
muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat
qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning, yosh va
individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har tomonlama
rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham
bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr
bo‘lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik
rivojlanishiga poydevor bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan,
ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O‘rta
Osiyo
va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning
umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash
faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir
etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni
tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg‘otish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni
tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa,
kattadir. Chunki aql his-tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur
etishgacha bo‘lgan jarayonlar yig‘indisidir.
Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog‘lanishlarda,
munosabatlarda ko‘ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida,