Q = f (K, L, M) Q-maksimal ishlab chiqarish miqdori, K-kapital, L-mehnat, M-materiallar.
Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita omilga bog‘liq bo‘lsa, unda ishlab
chiqarish funksiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Q = f (K, L) Ishlab chiqarish funksiyasi faqat sarflangan mehnatga bog‘liq bo‘lsa, u
holda, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Q = f ( L) Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil – mehnat va kapitaldan foydalaniladigan
ishlab chiqarishni ko‘rib chiqamiz. Masalan, mebel ishlab chiqarish sexida mavjud
texnologiya asosida sarflanadigan kapital va mehnatning ma’lum nisbatlari
kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda.
Kapi tal sarfi Mehnat sarfi, (soatlarda) 1 2 3 4 5 1
30
50
60
70
80
2
40
65
80
85
100
3
60
80
100
110
115
4
65
85
110
115
120
5
80
100
120
125
130
Izokvanta – bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni
ta’minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi
egri chiziqdir.
Izokvanta – buyurtma berilgan ishlab chiqarish hajmini ta’minlab beruvchi
ishlab chiqarish omillarining barchasining yalpi kombinatsiyasini ko’rsatadi.
Izokvanta kartasi o’zida firmaga mos keladigan ishlab chiqarish hajmini
ta’minlab beruvchi texnologik mumkin bo’lgan yalpi resurslar kombinatsiyasini
mujassam etadi.
Izokvantalar firmalarda mahsulot ishlab chiqarishning variantlari ko‘pligini
ko‘rsatadi.
2. Firmaning qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish davrdagi faoliyati Firma tomonidan ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan ishlab
chiqarish omillari shartli ravishda ikki guruhga bo‘linadi: doimiy va o‘zgaruvchan.