sarfiga to‘g‘ri keladigan mahsulot o‘rtacha mahsulot bo‘lib, u to‘rtinchi
ustunda
keltirilgan. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat
sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84
birlikka yetguncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O‘rtacha mahsulot maksimal
bo‘lganda mehnat sarfi to‘rt birlikni tashkil etadi.
Beshinchi ustunda mehnat
sarfining chekli mahsuloti MPL keltirilgan. U
qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo‘shimcha
mahsulot miqdori bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi uchinchi
ustundagi har bir mahsulot miqdoridan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdorini ayirish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o‘zgarmas bo‘lganda (15
birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o‘zgarishi
mahsulot ishlab
chiqarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo‘shimcha bir birlik mehnat
sarfi 60-32=28 birlik qo‘shimcha mahsulot yaratadi. O‘rtacha mahsulotdek, chekli
mahsulot ham boshida ortib, keyinchalik kamayib boradi (ya’ni, u 3 birlik mehnat
sarfigacha o‘sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni esdan
chiqmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatdan tashqari,
kapital sarfiga
ham bog‘liq. Agar mehnat sarfi o‘zgarsa kapital sarfi ham o‘zgarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: