O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


- MAVZU: IShLAB ChIQARISh XARAJATLARI



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

6- MAVZU: IShLAB ChIQARISh XARAJATLARI 
Darsning o’quv maqsadi:  


Talabalarda xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va 
cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik 
jamiyatlari), ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari, ishlab chiqarishning 
qisqa muddatli xarajatlari haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
 
Tushunchalar va tayanch iboralar
xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan 
jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari), umumiy 
va xususiy xarajtlar, buxgalterlik va iqtisodiy xarajatlar, yaqqol namoyon 
bo‘luvchi 
va 
namoyon 
bo‘lmaydigan 
xarajatlar, 
qaytariladigan 
va 
qaytarilmaydigan xarajatlar, o‘zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlar 
Asosiy savollar 
1. Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari 
2. Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari 
3. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari
4. Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 
1.Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari 
Tadbirkorlik – ishlab chiqarish jarayonida uning omillari: yer, mehnat, 
kapitalni birlashtiruvchi, bilim va tashabbuskorlik va tavakkalchilik asosida 
daromadli ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning 
maxsus omili. 
Tadbirkorlikka quyidagilar xos: Faoliyatning usul va yo‘nalishlarini 
tanlashdagi iqtisodiy erkinlik; faoliyat yakuniga ko‘ra o‘z mulki bo‘yicha to‘liq 
moddiy javobgarlik; foyda – yuqori foyda olishni mo‘ljallash. 
Tadbirkorlikning 
xususiyatlari: 
Tadbirkorlik 
ob’ektlari
korxona (firma), daromadli ish. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkor, ishlab 
chiqarish omillari mulkdorlari, menejerlar (boshqaruvchilar), aksionerlar
tovarlarni yetkazib beruvchilar (xaridorlar), davlat, kasaba uyushmalari. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri firma hisoblanadi. Firma 
deganda, mustaqil xo‘jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Mustaqil xo‘jalik 
faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab 
chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo‘yicha firmaning mustaqil qaror 
qabul qilishi tushuniladi. 
Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va 
manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin