O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

2.Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari 
Tadbirkorlik 
firmalarining 
asosiy 
tashkiliy 
shakllari
xususiy 
tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar
korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari). 
Xususiy tadbirkorlik firmasi - bu firmaning egasi ishni mustaqil, o‘z 
manfaatidan kelib chiqib olib boradi, u tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi
firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni bo‘yniga oladi 
(ya’ni, mas’uliyati cheklanmagan jamiyat hisoblanadi), qolgan daromadni o‘zi 
o‘zlashtiradi. 


Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, 
birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo‘lib, ular firmaning 
barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda 
o‘zlarining zimmalariga oladilar. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyatda firma egalari firmaning majburiyatlari 
bo‘yicha javobgarlikni Nizom fondiga qo‘shgan ulushi doirasida zimmasiga oladi, 
xolos. 
Korporatsiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, har bir mulk 
egasining mas’uliyati ushbu korxonaga qo‘shgan hissasi bilan cheklangan. 
Korxona aksiyalarini sotib olgan shaxslar korxona mulki egalariga aylanadilar. 
Korporatsiya faoliyatini aksionerlar majlisi nazorat qiladi. Aksiyadorlar o‘z 
aksiyalariga daromad (dividend) oladilar. Korporatsiya kreditorlari o‘z talablarini 
aksiyadorlarga emas, korporatsiyaga qo‘yadilar. 
Aksionerlik jamiyati ochiq turda bo‘lsa, korxona aksiyalari ochiq bozorda, 
ya’ni fond birjalarida erkin sotiladi. Aksiyadorlarga korporatsiya yoqmasa, ular o‘z 
aksiyalarini ochiq bozorda sotib korxona bilan aloqasini umuman uzishi mumkin. 
Foyda olmaydigan tashkilotlar. Bozor sharoitida bunday turdagi 
tashkilotlarga foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari
klublar, machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi. 
Kooperativlar. Kooperativlar o‘z a’zolarining resurslarini foyda olish 
maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin