8-MAVZU: SOF MONOPOLIYA Darsning o’quv maqsadi: Talabalarda bozor iqtisodi sharoitidagi iqtisodiy monopoliya, sof monopoliya modelining asosiy xususiyatlari, optimal ishlab chiqarish xajmini tanlab olish, narx diskriminatsiyasi haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Tushunchalar va tayanch iboralar Iqtisodiy monopoliya, tabiiy monopoliya, hududiy monopoliya, sof monopoliya modeli, yakka hukmronlik holati, optimal ishlab chiqarish xajmi, narx diskriminatsiyasi Asosiy savollar 1. Bozor iqtisodi sharoitidagi iqtisodiy monopoliya. 2. Sof monopoliya modelining asosiy xususiyatlari. 3. Optimal ishlab chiqarish xajmini tanlab olish. 4. O’zbekistonda monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish holati 5. Narx diskriminatsiyasi. 1. Bozor iqtisodi sharoitidagi iqtisodiy monopoliya Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat
muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amal
qilish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o‘quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi.
Jumladan, ba’zi o‘rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning
qandaydir xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi» sifatida qaralsa,
boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining
har qanday (ba’zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati» deb ta’riflanadi.
Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki
yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi
sababli, uni quyidagicha ta’riflash o‘rinli deb hisoblaymiz: