«Keys-stadi» inglizcha so‗z bo‗lib, («case» aniq vaziyat, hodisa, «stadi» o‗rganmoq, tahlil qilmoq)



Yüklə 262,16 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.11.2022
ölçüsü262,16 Kb.
#71428
metod



«Keys-stadi» - inglizcha so‗z bo‗lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‗rganmoq, tahlil qilmoq) 
aniq vaziyatlarni o‗rganish, tahlil qilish asosida o‗qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod 
hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy 
boshqaruv fanlarini o‗rganishda foydalanish tartibida qo‗llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki 
aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‗z ichiga 
quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qaerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ 
Qanaqa (How), Nima-natija (What). “Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari Ish bosqichlari Faoliyat 
shakli va mazmuni 1-bosqich: Keys va uning axborot ta‘minoti bilan tanishtirish 

yakka tartibdagi audio-
vizual ish; 

keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda); 

axborotni umumlashtirish; 

axborot tahlili; 

muammolarni aniqlash 2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o‗quv topshirig‗ni belgilash 

individual va guruhda ishlash; 

muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash

asosiy muammoli 
vaziyatni belgilash 3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‗quv topshirig‗ining 
yechimini izlash, hal etish yo‗llarini 

individual va guruhda ishlash; 

muqobil yechim yo‗llarini ishlab 
chiqish; 

har bir yechimning imkoniyatlari va to‗siqlarni tahlil qilish; 

muqobil yechimlarni tanlash II. 
MODULNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI 11 ishlab chiqish 4-bosqich: 
Keys yechimini yechimini shakllantirish va asoslash, taqdimot. 

yakka va guruhda ishlash; 

muqobil 
variantlarni amalda qo‗llash imkoniyatlarini asoslash

ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; 

yakuniy 
xulosa va vaziyat yechimining amaliy aspektlarini yoritish «FSMU» metodi Texnologiyaning maqsadi: 
Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, 
qiyoslash orqali axborotni o‗zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‗nikmalarini 
shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma‘ruza mashg‗ulotlarida, mustahkamlashda, 
o‗tilgan mavzuni so‗rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‗ulot natijalarini tahlil etishda 
foydalanish tavsiya etiladi. Texnologiyani amalga oshirish tartibi: - qatnashchilarga mavzuga oid bo‗lgan 
yakuniy xulosa yoki g‗oya taklif etiladi; - har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari 
yozilgan qog‗ozlarni tarqatiladi: - ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda 
taqdimot qilinadi. FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud 
tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‗zlashtirilishiga asos bo‗ladi. “Assesment” metodi 
Metodning maqsadi: mazkur metod ta‘lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, 
o‗zlashtirish ko‗rsatkichi va amaliy ko‗nikmalarini tekshirishga yo‗naltirilgan. Mazkur texnika orqali 
ta‘lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo‗nalishlar (test, amaliy ko‗nikmalar, muammoli vaziyatlar 
mashqi, Ф • фикрингизни баён этинг • фикрингизни баёнига сабаб кўрсатинг С • кўрсатган 
сабабингизни М исботлаб мисол келтиринг У • фикрингизни умумлаштиринг II. MODULNI 
O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI 12 qiyosiy tahlil, simptomlarni 
aniqlash) bo‗yicha tashhis qilinadi va baholanadi. Metodni amalga oshirish tartibi: ―Assesment‖ lardan 
ma‘ruza mashg‗ulotlarida talabalarning yoki qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‗rganishda, 
yangi ma‘lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‗ulotlarda esa mavzu yoki ma‘lumotlarni 
o‗zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‗z-o‗zini baholash maqsadida individual shaklda 
foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‗qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‗quv maqsadlaridan 
kelib chiqib, assesmentga qo‗shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin. “Tushunchalar tahlili” metodi 
Metodning maqsadi: mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu buyicha tayanch 
tushunchalarni o‗zlashtirish darajasini aniqlash, o‗z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, 
shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‗llaniladi. 
Metodni amalga oshirish tartibi: 

ishtirokchilar mashg‗ulot qoidalari bilan tanishtiriladi; 

o‗quvchilarga 
mavzuga yoki bobga tegishli bo‗lgan so‗zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( 
individual yoki guruhli tartibda); 

o‗quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma‘no anglatishi, qachon, 
qanday holatlarda qo‗llanilishi haqida yozma ma‘lumot beradilar; 

belgilangan vaqt yakuniga yetgach 
o‗qituvchi berilgan tushunchalarning tugri va tuliq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish 
etadi; 

har bir ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, 
farqlarini aniqlaydi va o‗z bilim darajasini tekshirib, baholaydi. “Blits-o„yin” metodi Metodning maqsadi: 


o‗quvchilarda tezlik, axborotlar tizmini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko‗nikmalarini 
shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo‗llash samarali 
natijalarni beradi. Metodni amalga oshirish bosqichlari: 1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu 
yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya‘ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan 
materialni sinchiklab o‗rganish talab etiladi. Shundan so‗ng, ishtirokchilarga to‗g‗ri javoblar 
tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka 
tartibda bajariladi. 2. Navbatdagi bosqichda trener-o‗qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik 
guruhlarga birlashtiradi va guruh a‘zolarini o‗z fikrlari bilan II. MODULNI O'QITISHDA 
FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI 13 guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-
biriga ta‘sir o‗tkazib, o‗z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‗xtamga kelib, javoblarini «guruh 
bahosi» bo‗limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. 
3. Barcha kichik guruhlar o‗z ishlarini tugatgach, to‗g‗ri harakatlar ketmaketligi trener-o‗qituvchi 
tomonidan o‗qib eshittiriladi, va o‗quvchilardan bu javoblarni «to‗g‗ri javob» bo‗limiga yozish 
so‗raladi. 4. «To‗g‗ri javob» bo‗limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‗limida berilgan raqamlar 
taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‗raladi. Shundan so‗ng «yakka xato» 
bo‗limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‗shib chiqilib, umumiy yig‗indi hisoblanadi. 5. Xuddi shu 
tartibda «to‗g‗ri javob» va «guruh bahosi» o‗rtasidagi farq chiqariladi va ballar «guruh xatosi» 
bo‗limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‗shiladi va umumiy yig‗indi keltirib chiqariladi. 6. Trener-
o‗qituvchi yakka va guruh xatolarini to‗plangan umumiy yig‗indi bo‗yicha alohida-alohida sharhlab 
beradi. 7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‗yicha o‗zlashtirish darajalari 
aniqlanadi. “Portfolio” metodi ―Portfolio‖ – ( ital. portfolio-portfel, ingl.hujjatlar uchun papka) ta‘limiy 
va kasbiy faoliyat natijalarini autentik baholashga xizmat qiluvchi zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan 
hisoblanadi. Portfolio mutaxassisning saralangan o‗quvmetodik ishlari, kasbiy yutuqlari yig‗indisi 
sifatida aks etadi. Jumladan, talaba yoki tinglovchilarning modul yuzasidan o‗zlashtirish natijasini 
elektron portfoliolar orqali tekshirish mumkin bo‗ladi. Oliy ta‘lim muassasalarida portfolioning quyidagi 
turlari mavjud: Faoliyat turi Ish shakli Individual Guruhiy Ta‘limiy faoliyat Talabalar portfoliosi, bitiruvchi, 
doktorant, tinglovchi portfoliosi va boshq. Talabalar guruhi, tinglovchilar guruhi portfoliosi va boshq. 
Pedagogik faoliyat O‗qituvchi portfoliosi, rahbar xodim portfoliosi Kafedra, fakultet, markaz, OTM 
portfoliosi va boshq. II. MODULNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI 14 
NAZARIY MATERIALLAR III. B 

Yüklə 262,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin