Qo`shimcha adabiyotlar. 1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998.
2. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O`zbekiston,
1999.
3. Tulenov J, Qodirov B, G`o`ofurov Z. Ma`naviy yuksalish sari. – Toshkent:
Mehnat, 2000.
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994.
5. Yusupov E. Falsafa. – Toshkent: Universitet, 2000.
6. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to`plami. – Toshkent:
O`zbekiston, 1997.
7. Hakimov I. Sog`lom muhit - sog`lom avlod. – Toshkent: O`zbekiston, 1999.
8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent:O`FMJ, 2004
9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent:
O`zbekiston, 2004. 3-mavzu: Aksiologoyaning g’arbdagi rivojlanish bosqichlari va asosiy yo’nalishlari. Reja: 1.Antik dunyo va g’arbda qadriyatlar to’g’risidagi qarashlarning takomil
bosqichlari.
2. Suqrot,Platon, Aristotel, Gomer, Gesiod va boshqalarning qadiryatlar haqidagi
g’oyalari va ularning ahamiyati.
3.Qadimgi Rimda siyosiy va ma`rifiy ta`limotlarning o`ziga xosligi. 4. Evropada Renesans davri qadriyatlari.
5. 15-17 asrlardagi ijtimoy-siyosiy o’zgarishlar va yangi zamon qadriyatlarining
shakillanishi.
6. 18-19 asrda qadriyatlar sohasidagi o’zgarishlar, Nemis klassik falsafasi,
fransus inqilobi.
7. Hozirgi davr g’arb aksiologiyasi.
Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi birinchi ming yillik boshlarida davlatlar
paydo bo`ladi. Mustaqil polislar shahar davlatlar yon atrofidagi qishloqlarni ham o`z
ichiga oladi. Ibtidoiy tuzumdan ilk sinfiy tuzumga o`tganda jamiyatni siyosiy jihatdan
tashkillashga katta e`tibor beriladi, bu ishlar axolini sotsial tabaqalashtirishni
kuchaytirib yuboradi va ular o`rtasida ziddiyatlar avj ola boshlaydi. Bu sharoitda
polislar ichida ham, tashqarisida ham hokimiyat uchun kurash keskinlashadi.
Davlatlarni boshqarishning turli shakllari kelib chiqadi. eramizgacha IV-
Vasrlarda Afinada, Abdirda demokratiya qaror topadi, Fiva, Megerada